ZAKARIYO (A.S.)

ZAKARIYO (A.S.)

Al-Bukhari Islamic Center • June 13, 2020
Zakariyo (a.s.)ning rafiqasi Ishoning singlisi Xanna, eri Imrondan Maryam ismida qiz dunyoga keltirdi. Xanna qizi Maryamni “Bayt ul-Maqdis”ga xizmat qilishga atadi. Zakariyo (a.s.) uni xolasi Ishoning yoniga olib bordi. Maryam xolasining qo‘lida tarbiya oldi. U “Bayt ul-Maqdis”da o‘zi uchun ajratilgan xonada ibodat bilan mashg‘ul bo‘lar edi. Bu bag‘oyatda iffatli, benihoya oriyatli qiz, Alloh Taoloning qudratining bir asari siffatida, hali bokira bo‘la-turib homilador bo‘ldi va Iso (a.s.)ni dunyoga keltirdi.

Yahudiylar, Isoning otasiz dunyoga kelganligidan shubhalandilar. “Otasiz farzand bo‘lmaydi!” – deyishdi, Vaholanki, Odam (a.s.)ning ham otasiz va ham onasiz yaratilganiga ishonishar edi. Iso (a.s.)ning ham shunday ajoyib va g‘oyri tabiy xilqat ekanini ko‘rib turishardi. Bunga qaramay Zakariyo (a.s.)dek qadri ulug‘, pok va ma’sum payg‘ambarga tuxmat qildilar. Yuz yoshida uni shahid qildilar.

Report Page