Yuz Chinor — Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qo‘riqlanadigan hovli joylar majmuasi

Yuz Chinor — Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qo‘riqlanadigan hovli joylar majmuasi

Dream City Development

Yuz Chinor — shahar markazidan 15 daqiqa uzoqlikda joylashgan keng ko‘lamli yopiq majmua loyihasi. Majmuaning umumiy hududi — 92 000 m2. 18 ta futbol maydoniga teng ulkan maydonda 540 m2 dan 1300 m2 gacha bo‘lgan 89 ta noyob hovli joylar mavjud.

Yuz Chinor loyihasida takliflarning ajoyibligiga e’tibor qaratilgan bo‘lib, bo‘lajak rezidentlar uchun bu yerda betakror landshaftga ega xususiy park, zamonaviy bolalar maydonchalari, veloyo‘lakchalar, futbol, voleybol va basketbol uchun sport maydoni, kechayu kunduz faoliyat yuritadigan avtoyuvish shaxobchasi hamda majmua hududida restoran, yuqori darajada xizmat ko‘rsatish, shu bilan birga, mutlaqo xavfsizlik kabi shart-sharoitlar yaratilgan.

Loyiha hududida 270 dan ziyod daraxtlar hamda 10 000 dan ortiq yashil hamda gullaydigan butalar ekilishi ko‘zda tutilgan. Barcha daraxt va o‘simliklar Yuz Chinor loyihasi uchun maxsus Italiya va Turkiya davlatlaridan keltirilgan. Shuningdek, loyiha hududining ajoyib joylashuvi sabab, bu yerda o‘rtacha yillik harorat shahar markaziga nisbatan 4 daraja salqin hisoblanadi.

Yuz Chinor — shinam va betashvish hayotning yangi ko‘rinishi.

Hovli joylar tanlash va qo‘riqlanadigan majmua loyihasi bilan yanada batafsil tanishish uchun Dream City Development kompaniyasining savdo ofisiga tashrif buyurishingiz yoki dreamcity.uz sayti orqali ariza qoldirishingiz mumkin.

Yagona ma’lumot markazi telefon raqami:(+998) 71−202−22−22

Savdo ofisi har kuni, dam olish kunlarisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XBM.

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shohko‘chasi tomon yo‘l

www.dreamcity.uz




Report Page