Yurtimizda “NearSol” BPO kompaniyasining ofisini ochish masalalari muhokama qilindi

Yurtimizda “NearSol” BPO kompaniyasining ofisini ochish masalalari muhokama qilindi


Raqamli texnologiyalar vaziri Digital Leadership Forum in Uzbekistan tadbirida qatnashgan “NearSol” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Viktor Pereda bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda “NearSol” ofisini ochish va IT-Park rezidentlik maqomini olish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, korxona uchun yurtimizda barcha sharoitlar mavjudligi qayd etilib, yetarlicha qulayliklarga ega ofis bilan ta’minlash, yuqori salohiyatga ega kadrlarni jalb qilish bo‘yicha takliflar berildi.

Ma’lumot uchun: “NearSol” 2006-yilda tashkil etilgan BPO kompaniyadir. Ular korxonalarga, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, “bek-ofis”ni qo‘llab-quvvatlash, marketing va sotish kabi keng ko‘lamli xizmatlarni taqdim etadi.

Kompaniya shtab-ofisi AQSHda joylashgan bo‘lishiga qaramay, hozirda ularning Gvatemala, Kosta-Rika va Filippinda ofislari va 1200 dan ortiq xodimlari mavjud.



Report Page