Yurtga xizmat qilish - sharafli burch!

Yurtga xizmat qilish - sharafli burch!

Yoshlar Parlamenti matbuoti
Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zosi - Azizbek Ochilboyev

Har qanday mamlakatning ertangi kuni, ertangi qiyofasi bugun unib-о‘sib, ta’lim-tarbiya olib kelayotgan yoshlarga bog‘liq. Yoshlar qanchalik ilmli, keng dunyoqarash va teran fikrlashga ega, zamon bilan hamnafas bо‘lsa, jamiyat shunchalik rivojlanaveradi. Bugun aynan yoshlar hayotiga oida juda kо‘plab qaror va farmonlar imzolanmoqda, yoshlarga juda katta imkoniyatlar eshiklari ochib berilmoqda. Bu esa yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosati, qolaversa, yoshlar bilan ishlash mexanizmi butunlay о‘zgarganidan dalolat beradi.

Muhtaram prezidentimizning yoshlarga yo’llaydigan murojaatlarini yoki yoshlarga oid chiqarilayotgan barcha qonun hujjatlarini doimiy kuzatib, u bilan yaqindan tanishib boraman. Nega deganda, unda yoshlarga oid ulkan tashabbuslar ilgari suriladi, ularning erkin bilim olishi, bandligini ta’minlashi yoki о‘z iqtidorini tо‘la-tо‘kis namoyish etishiga zamin yaratiladi. 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan prezident ishtirokida о‘tkazilgan uchrashuv ham men uchun hayajonli va ham yangiliklarga boy bо‘ldi.

Avvalo, 30-iyun arafasida tashkil etilgan forumgacha viloyatlar kesimida bо‘lib о‘tgan yoshlar forumlari endilikda har bir tuman kesimida о‘tkazilib, unda yoshlar tomonidan ilgari surilgan takliflar, g‘oyalar asosida Hukumat alohida dasturlar qabul qilishi meni juda xursand qildi. Bu tashabbus orqali ana endi yurtimizning chekka-chekka hududlarida istiqomat qilayotgan yoshlar ham о‘z g‘oya va takliflarini ilgari surishi va uni amalga tatbiq etishi mumkin bо‘ladi.

Hurmatli prezidentimiz tariximizga alohida nazar solib, unga alohida e’tibor qaratib, ajdodlarimizning nomini abadiylashtirish yo’lida ulkan ishlarni amalga oshirmoqda. Bir jihatga alohida e’tibor qarataman. Prezidentimiz yoshlarga yo’llaydigan murojaatlarida albatta ajdodlarimiz nomi bilan bitta bо‘lsa ham ulkan tashabbusni ilgari suradi. 2020-yil mustaqilligimiz munosabati bilan yo’llagan tabriklarida yoshlar uchun ajdodlarimiz nomi bilan xalqaro fan olimpiadalarini о‘tkazish taklifini ilgari surgandilar. Bu safar esa ularning nomi bilan “Beruniy izdoshlari”, “Mirzo Ulug‘bek vorislari”, “Alisher Navoiy davomchilari” kо‘rik-tanlovlarini muntazam ravishda о‘tkazishni taklif qildilar. Bu kabi tashabbuslar qisqa vaqt ichida о‘zining amaliy natijasini berib, yoshlar qalbida tarixga hurmat, ajdodlar merosiga ehtirom tuyg‘ularini shakllantirishiga hech qanday shubha yo’q.

Ayniqsa, muhtaram prezidentimizning Yoshlar parlamentlari faoliyatiga alohida tо‘xtalib, uning amalga oshirgan ishlarini alohida ta’kidlagani Yoshlar parlamenti a’zosi sifatida meni juda xursand qildi. Dunyo aholisining yarmidan kо‘pi 30 yoshgacha bо‘lgan insonlar bо‘lsa-da, Parlamentda ularning ulushi 2,6% ga ham bormasligi, bu kо‘rsatkich esa О‘zbekistonda 6% ekanligi mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash tizimi ijobiy tomonga о‘zgarganidan dalolat beradi. Undan tashqari qonimizga singib ketib, asrlar davomida shakllangan “ustoz-shogird” an’anasini jadal davom ettirgan holda faol yoshlarni Oliy Majlis deputati va senatorlariga biriktirish, mahalliy Kengashlarda “Yoshlar parlamenti vakillari maktabi”ning tashkil etilishi, qolaversa, yangi avlod zaxira kadrlari – “Kelajak liderlari”ni shakllantirish tashabbuslari о‘zini Vatan taqdiriga daxldor hisoblagan barcha yosh uchun ulkan imkoniyat bо‘ldi.

Ma’ruzani tinglar ekanman, bir narsaga jiddiy e’tibor qaratdim. Muhtaram prezidentimiz siyosatining tub mohiyatini – ilm-ma’rifat tashkil etmoqda. Qanday bо‘lmasin, yoshlarning о‘qishi, uqishi, yuksak ilmga ega bо‘lishi, kasb-hunar о‘rganishi uchun sharoitlar yaratmoqda. Tarixda temir kansler nomi bilan mashhur Otto fon Bismark aytadi: “Agarda mamlakat bor mablag‘ini bugun ilm uchun sarflamas ekan, u holda barcha mablag‘larini kelgusida qamoqxonalar qurish uchun olib qо‘ysin”. Shu nuqtai nazarda zamonaviy bilimlarni egallash davr talabiga aylanmoqda.

Yangi о‘quv yilidan boshlab barcha uchun ta’lim krediti imtiyozli shartlarda 7 yil muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasida, ya’ni, joriy yilda 14 foiz stavkada ajratilishi, “Temir daftar”da qayd etilgan oilalarning har bir farzandiga о‘quv qurollari va maktab formasi sotib olish uchun avgust oyida 500 ming sо‘mdan moddiy yordam berilishi, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlariga, oliygohdagi о‘qishning birinchi yili uchun kontraktni byudjetdan tо‘lab berish tartibi joriy etilishi yurtimizda ilm olish uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan bir parcha xolos, aslida.

Prezidentimizning milliyligimiz, milliy urf-odatlarimiz, liboslarimiz, о‘yinlarimiz haqida alohida tо‘xtalib, ularning bugungi zamon uchun zarur va shart ekanligini ta’kidlaganlarida, kо‘ksimda urib turgan yuragim qalqib ketdi. Chunki kо‘ksimda milliy yurak, о‘zbekning yuragi urmoqda. Ayniqsa, hududlarda ot sportini rivojlantirish maqsadida “Chavandozlar maktablari”ni faoliyati yo’lga qо‘yilishi anchadan buyon reja qilib yurgan maqsadimga yana bir qadam yaqinlashtirdi. Bir necha yillardan buyon, ot sotib olib, uni parvarishlash niyatim bor edi. Shaxsan prezidentimizning о‘zi ot mavzusiga alohida tо‘xtalib о‘tgani, meni yanada ruhlantirdi.

Mana shunday imkoniyatlar, mana shunday sharoitlar uchun biz, yoshlardan faqat bir narsa talab etiladi – ilm olish, ilm о‘rganish. Yuksak ilm, keng dunyoqarash va ulkan tafakkur bilan jahon arenalari-yu minbarlarini zabt etish, о‘zbekning kuchi va qudratini butun dunyoga namoyon etish, har jabhada dunyoning mana man degan yurtidan kо‘p bо‘lsa kо‘pki, lekin aslo kam emasligini kо‘rsatish – biz uchun eng ulug‘ burch, eng sharafli vazifadir!

 

Azizbek Ochilboyev

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi

Report Page