Yuridik xizmat markazlari tomonidan 3,5 mlrd soʻmdan ortiq pul mablagʻlari undirilishi yuzasidan daʼvolar qanoatlantirilgan
Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limiYuridik xizmat markazlari xodimlari uchun tashkil qilingan seminar-treningning 2-kunida 5 ta viloyat (Navoiy, Buxoro, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari) Markazlari vakillariga yangi koʻnikmalar oʻqitilmoqda.
Seminar-trening davomida Markazlar va ular yuridik xizmat koʻrsatadigan davlat organlarining 2 mingdan ortiq hududiy boʻlinmalari “E-huquqshunos” elektron tizimiga ulanganligi taʼkidlandi.
Markazlarning tomonidan bugungi kungacha256 mingdan ortiq buyruq va 94 mingdanortiq shartnoma loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan, 3,5 mlrd soʻmdan ortiq pul mablagʻlari undirilishi yuzasidan daʼvolar qanoatlantirilgan.
Aholining huquqiy savodxonliginioshirish maqsadida 22 mingga yaqin huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazilgan.
Markazlar xulosasi asosida qabul qilingan birorta hujjat huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki sud orqali bekor qilinmaganligi quyi tizimda qonuniylik va qonun ustuvorligi samarali taʼminlanayotganligining dalilidir.
Markazlar koʻrsatgan ijobiy natijani inobatga olgan holda, bugungi kunda yuridik xizmatga ega boʻlmagan bir qator tuman darajasidagi idoralar, jumladan mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari, aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, davlat soliq inspeksiyalari, qishloq xoʻjaligi boʻlimlari, turizm, sport boʻlimlariga ham Markazlar tomonidan xizmat koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar ishlab chiqilganligi alohida qayd etildi.
Seminar-trening davomida Markaz xodimlari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishi bilan bir qatorda oʻzaro tajriba almashishdi.
Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi