Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati yanada kengaytirilmoqda.

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati yanada kengaytirilmoqda.

Koson tuman adliya bo'limi

2022-yil 18-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-173-sonli Qarori qabul qilindi.

Mazkur Qarorga ko‘ra, Adliya vazirligining 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining quyidagi tuman (shahar) bo‘linmalariga yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi;

qishloq xo‘jaligi bo‘limi;

turizm va madaniy meros bo‘limi;

sportni rivojlantirish bo‘limi;

oila va xotin-qizlar bo‘limi;

davlat soliq inspeksiyasi;

aholi bandligiga ko‘maklashish markazi;

davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;

davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar.


Report Page