Yuridik sohada o‘qishni istaganlar uchun ajoyib imkoniyat

Yuridik sohada o‘qishni istaganlar uchun ajoyib imkoniyat


Yuridik texnikumda davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida 3 ta yo‘nalishlar bo‘yicha (kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida) o‘quvchilar qabul qilinadi.

Davlat-huquqiy faoliyat

Yuridik xizmat

Sud-huquqiy faoliyat

Test sinovlari quyidagi fanlardan bo‘lib o‘tadi

Mutaxassislik fanlari (Huquqshunoslik va Chet tili)

Majburiy fanlar (Matematika, Ona tili va O‘zbekiston tarixi)

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumiga 2024-2025 o‘quv yili uchun hujjat topshirish 1-avgustdan 20-avgustga qadar (20-avgust kuni ham) my.uzbmb.uz saytining Adliya vazirligi yuridik texnikumlari oynasi orqali onlayn amalga oshiriladi.
Texnikumga umumiy o‘rta ta'lim maktabning 11-sinfini yoki akademik litsey, kasb-hunar kollejni bitirgan abituriyentlar qabul qilinadi

Yuridik texnikum o‘quvchilariga beriladigan imtiyozlar!

Texnikumni a’lo baholarda bitirgan hamda til bilish bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar TDYU hamda Respublikamizdagi universitetlarning “Yurisprudensiya” yo‘nalishlariga suhbat asosida 2-bosqichdan o‘qish
Qo‘shma ta’lim dasturi asosida xorijiy davlatlarning “Yurisprudensiya” yo‘nalishidagi Oliy ta’lim dargohlari va TDYUga 2-bosqichdan o‘qishga kirish
Texnikumning 1-bosqichini yuqori reytingda yakunlagan o‘quvchilar 2-bosqichda Adliya vazirligi stipendiyasiga sazovor bo‘lish
Bitiruvchilar bugungi kunda notarius yordamchisi, FHDYO bo‘limi inspektori, Davlat xizmatlari markazi mutaxassislari, sudya yordamchisi, davlat ijrochisi va boshqa lavozimlarida ishlashlari mumkin

Murojaat uchun:

@yuridik_texnikum_bot

Aloqa uchun telefonlar:

• +99890 617-66-55

• +99891 453-48-76

• +99891 945-14-11

• +99899 379-19-22

Biz ijtimoiy tarmoqlar: 

•  telegram | •  facebook  | • instagram  |  •  youtube  •  rasmiy sayt  


Report Page