“Yuridik shaxslar tomonidan xorijiy Internet jahon axborot tarmoqlarida reklama berish xarajatlarini chet el valyutasidagi korporativ bank kartalari yordamida to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qab…
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ–357-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda reklama berish xarajatlarini chet el valyutasidagi korporativ bank kartalari yordamida to‘lash hamda ushbu xarajatlarni soliq va boshqa hisobotlarda aks ettirish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori qilindi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Markaziy bankning 2023-yil 1-iyuldan boshlab yuridik shaxslarga xorijiy Internet jahon axborot tarmoqlarida reklama berish xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni chet el valyutasidagi korporativ bank kartalari orqali kalendar oyida 5 000 (besh ming) AQSH dollaridan oshmagan miqdorda amalga oshirishlariga ruxsat beriladi hamda ushbu to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda – TSOYEAT) kiritiladi.
Shuningdek, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023-yil 1-iyulga qadar TSOYEATga ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Bunda, yuridik shaxslarning xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda reklama berish xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali TSOYEATga kiritish imkoniyati yaratiladi.