Yuridik litsey o‘quvchilari uchun ''Ochiq eshiklar'' kuni
@adliyangiliklari#Adliya_va_yoshlar
Adliya vazirligida Toshkent shahar yuridik litseyining bir guruh o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi.
Toshkent shahar yuridik litseyi o‘quvchilari Adliya vazirligi markaziy apparatidagi tarkibiy bo‘linmalar ish jarayoni, vazirlikning vazifa va funksiyalari, vazirlik kutubxonasi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, yuridik litsey o‘quvchilari ekskursiya davomida Adliya vazirligi huzuridagi ijod qilish uchun barcha sharoitlarga ega Multimedia markazi faoliyati bilan tanishtirildi. O‘quvchilarga maxsus dekoratsiyali va zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan studiyalar chuqur taassurot qoldirdi.
Toshkent shahar yuridik liseyining o‘quvchilari uchun tashkillashtirilgan “Ochiq eshiklar” kuni yakunida yuridik ta'limda mavjud qonunchilikdagi imtiyozlar, o‘qishni davom ettirishlari bilan bog‘liq qiziqtirgan savollarga, shuningdek, yoshlarning kelajakda adliya organlari va muassasalarida ishga kirish uchun kerakli huquqiy maslahatlar vazirlik mas'ul xodimi tomonidan taqdimot shaklida tushintirishlar berildi.