''Yuraksiz''
Forward
''Yuraksiz''
Rustam SerobovMarch 15, 2019

''Yuraksiz''
Ina husn-u jamol olam xijolat,
Qoshga tekizmakka qalam xijolat,
Yurakimni dik ichinda o‘zingiz,
Yoningizda boshqa sanam xijolat.
Yurakni ichinda jonim yuraksiz,
Bilasizmi siz manga dim keraksiz.
Siyraklashib oshiqlarni saflari,
Bog‘lanibdi dillarimiz iplari,
Na desalar, deyvarsinlar indamay
Naga kerak birovlarni gaplari.
Jimbir-jimbir tani jonim qaltirab,
Xayolim oldingiz yana yaltirab,
Joningizga jonim bo‘lsin sadog‘a,
Galing endi,sarg‘ayaman yo‘l qarab.
Dim sevaman desam inonasizmi,
Yo o‘laman desam quvonasizmi,
Adolat der oshiq-u zor adoman,
Sizam mandek sira bir yonasizmi.
Yurakni ichinda jonim yuraksiz,
Bilasizmi siz manga dim keraksiz.