Yupiter haqida 5 ta qiziqarli fakt

Yupiter haqida 5 ta qiziqarli fakt

Kamol To'xtayev

1. Yupiter Quyoshdan uzoqligi bo'yicha 5-o'rinda joylashgan va eng ulkan hamda og'ir sayyora.

Ushbu ulkan gazsimon sayyoraning og'irligi Yer o'girligidan 317 marta katta bo'lib, 1300 ta Yer sharini uning ichiga bemalol joylash mumkin.

2. Yupiter ham yulduzga aylanishi mumkin edi.

Ha, aynan Quyosh kabi Yupiter ham yulduz bo'lishi mumkin edi, chunki uning tarkibi ham huddi yulduzlarnikidek vodorod va geliydan iborat. Faqat, uning markazida termoyadroviy reaksiya boshlanib, yulduzlar singari nur sochishi uchun Yupiter massasi hozirgidan 70 marta ortiqroq bo'lishi kerak edi.

3. Yupiter eng tez aylanuvchi sayyora.

Bu uning o'z o'qi atrofida aylanishiga tegishli bo'lib, 10 soat davomida shunday gigant sayyora 1 marta o'z o'qi atrofida aylanadi. Quyosh atrofida esa 12 yil davomida 1 marta aylanib chiqadi.

4. Yupiterning ham halqalari mavjud.

Saturnning halqasi kabi ulkan bo'lmasa ham Yupiterda 4 ta siyrak halqa mavjud. Bu halqalar uning tabiiy yo'ldoshlari Fiva, Metida, Adrasteya va Almateyalarning meteoritlar bilan to'qnashishi natijasida yuzaga kelgan degan faraz mavjud.

5. Yupiter — eng ko'p tabiiy yo'ldoshga ega bo'lgan sayyora.

Uning 69 ta tabiiy yo'ldoshi bo'lib, eng mashxurlari: Io, Evropa, Ganimed va Kalisto hisoblanadi. Ularni ilk bor 1610 yilda Galileo Galiley kuzatgan, shuning uchun ham ular "Galiley" yo'ldoshlari deb yuritiladi.

Rasmda: Yer, Oy va Yupiterning "Galiley" yo'ldoshlari o'zaro solishtirilgan

Telegram @astronomiya - Koinot sirlari kanali

Report Page