Yunusobod tumanidagi holat bo'yicha ma'lumot

Yunusobod tumanidagi holat bo'yicha ma'lumot


2022 yil 2-avgust kuni “FACEBOOK” ijtimoiy tarmog’ida davlat raqam belgisi 01 Z 298 OB bo’lgan “Spark” rusumli avtomashina Yunusobod tumani Amir Temur ko’chasi bo’ylab qarama qarshi harakatlanganligi aks etgan videolavha Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan o’rganildi. Ushbu holat bo’yicha quyidagilar aniqlandi. 2022 yil 1-avgust kuni tahminan soat 19:00 larda davlat raqam belgisi 01 Z 298 OB bo’lgan “Spark” rusumli avtomashina haydovchisi 1982-yilda tug’ilgan N.K.ning 4 oylik farzandining sog’ligi yomonlashganligi hamda uning hayotini saqlab qolish maqsadida Yunusobod tumanida joylashgan 5-sonli Bolalar shifoxonasiga olib ketayotgan bo'lgan. Biroq oldindagi transport vositalari yo'l bermaganligi sababli Yunusobod tumani Amir Temur ko’chasi bo’ylab qarama-qarshi harakatlangan. Holat yuzasidan haydovchi N.K. bilan profilaktik suhbat o'tkazilib, kelgusida bu kabi qoidabuzarlikka yo'l qoymasligi lozimligi haqida ogoxlantirildi. Hurmatli fuqarolar har qanday holatda o’zingiz va o’zgalarning hayotiga befarq bo’lmang. Maxsus transport vositalarining mayoqcha va serenasi yonganda hamda avariya ishorasi yoqilgan transport vositalariga yo’l bering. Zero sizning harakatingiz kimningdir hayotini saqlab qolishi mumkin !!!

Report Page