Yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston chempionlari aniqlandi

Yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston chempionlari aniqlandi


Xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida sport kurashlari boʻyicha kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati davom etmoqda.

Kecha yunon-rum kurashi boʻyicha oʻtkazilgan bahslar oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning ikkinchi kunida yana 5 ta vazn toifasida gʻolib va sovrindorlar nomi maʼlum boʻldi. Eʼtiborli jihati, kechagi bahslarda kutilmagan natijalar ham kuzatildi.

Jumladan, -67 kg vazn toifasining hal qiluvchi bahsida Mahmud Baxshilloyev fargʻonalik Abror Atabayevga yutqazib qoʻydi. Shuningdek, -60 kg vazn toifasida chempionlik uchun asosiy daʼvogarlardan boʻlgan Ilhom Bahromov bronza medali bilan cheklandi.

Yunon-rum kurashi. Oʻzbekiston chempionati gʻolib va sovrindorlari:

-60 kg:

1. Feruz Toʻxtayev (Buxoro),

2. Abdulaziz Tursunboyev (Namangan),

3. Ilhom Bahromov (Samarqand),

3. Muhammadqodir Yusupov (Andijon),

-67 kg:

1. Abror Atabayev (Fargʻona),

2. Mahmud Baxshilloyev (Buxoro),

3. Ilyos Abdunazarov (Toshkent viloyati),

3. Sobir Kazakbayev (Jizzax),

-72 kg:

1. Mirzobek Rahmatov (Buxoro),

2. Jahongir Hamroyev (Toshkent viloyati),

3. Alijon Huseynov (Navoiy),

3. Jamol Jumaboyev (Buxoro),

-82 kg:

1. Muhammadqodir Rasulov (Fargʻona),

2. Bekzod Umarov (Navoiy),

3. Dilshod Mamadaminov (Toshkent shahri),

3. Jamshid Qoʻziyev (Toshkent viloyati),

-97 kg:

1. Muhammadali Shamsiddinov (Buxoro),

2. Abror Nurmuhammedov (Toshkent),

3. Yergali Ayximbayev (Toshkent viloyati),

3. Botir Kandilov (Qashqadaryo).


Report Page