Yulduzlarni yerga qaratgan shoir

Yulduzlarni yerga qaratgan shoir

Dilfuzaxon Kasimova

Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli 1824-yil – Moʻynoq tumani – 1878-yil — qoraqalpoq shoiri. Zevar taxallusi bilan ijod qilgan.

Ajiniyoz 1824-yilda Orol dengizining janubiy qirgʻogʻida, Moʻynoq tumanining Qamish bugʻat qishlogʻida, Amudaryo boʻyida, qoraqalpoqlarning ashamayli-qiyot qabilasi yashagan hududlarda tugʻilgan. Ajiniyozning otasi Qoʻsiboy, akalari Baltabek va Aqjigit oʻz davrining botirlari boʻlishgan. Onasi Nazira soʻzgoʻy, maftunkor xonim boʻlgan.

Ajiniyoz bolaligidan ilm-fanga qiziqardi. Dastlab Xoʻjamurod imom madrasasida oʻqigan, soʻngra onasi vafotidan keyin amakisi Elmuroddan saboq olgan. Boʻlajak shoir darslarga borishdan tashqari, kitoblarni qayta yozish bilan ham shugʻullangan, bu esa uni mashhur qilgan. 16 yoshida Alisher Navoiyning bir qancha sheʼrlarini qayta yozgan. Ajiniyoz oʻqishni Xivada davom ettirgan. Qadimgi Xorazm madaniyat markazida avval turkman klassik shoiri Mahtumquli tahsil olgan Sherg‘ozixon madrasasida, soʻngra Qutlimurot Inoq madrasasida tahsil olad. Bugun madrasaning kiraverishida „Bu yerda 1840—1845-yillarda shoir Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli oʻqigan“, degan yozuvni koʻrish mumkin. Ajiniyoz maʼnaviyat fanlari bilan bir qatorda Qutlimurot Inoq madrasasida Navoiy, Hofiz, Saʼdiy SheroziyFuzuliy kabi Sharq mumtoz shoirlarining sheʼriyatini ham oʻrganganligi uning ilgʻor lirikasiga katta taʼsir koʻrsatgan.

Ajiniyoz Qutlimurot Inoq madrasasini tugatgach, oʻz qishlogʻiga qaytgan, lekin tez orada yana Qozog‘istonga joʻnab ketgan va u yerda bir yil qolgan. Qaytib kelgach, ashmayli qabilasidan Xamra ismli qizga uylanib, xotini ikki oʻgʻil, bir qiz farzand koʻrgan. Uning avlodlari hozir QoʻngʻirotQanlikoʻlShumanay tumanlari va Nukus shahrida istiqomat qilishadi.

Xorazm vohasida yashovchi xalqlar tarixidagi muhim voqealardan biri boʻlgan 18581859-yillardagi Qoʻngʻirot qoʻzgʻoloni Ajiniyozning sheʼriy tabiatiga katta taʼsir koʻrsatgan. Vatanparvar va olim bu voqeaga befarq boʻla olmagan, aksincha, faol ishtirok etishni maʼqul koʻrgan. Soʻngra Xiva hukumati tomonidan qoʻzgʻolon boshliqlaridan biri sifatida Turkmanistonga surgun qilingan. Surgun davrida shoir Mahtumqulining koʻplab sheʼrlarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan.

Oradan uch yil o‘tib, Ajiniyoz uyiga qaytib kelgan. Sharoit tufayli Qozog‘istonga ketgan. Taxminlarga ko'ra, 1864-yilda Qozog'istonga safari chog'ida qozoq shoiri bilan "Qiz Mengesh" nomli lirik tanlovda qatnashgan. Viloyatning boshqa zamonaviy folklor janrlari bilan solishtirganda, aytishuv ayniqsa mashhur bo'lgan. 1878-yilda Toshkentning “Turkestanskiye vedomosti” gazetasida chop etilgan.

Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli dunyoni teran va oʻtkir tanib, qoraqalpoq xalqining ma’naviy dunyosining boyishiga katta hissa qoʻshgan, adabiyotimizni nafaqat rivojlantirib, shu bilan birga, qoʻshni xalqlarga tanishtirgan buyuk shaxsdir.

Oʻzi yashagan davrda feodal munosabatlar hukmron boʻlishiga qaramasdan, uning tafakkur dunyosi birnecha asrlar olgʻa ilgarilab, «bu dunyoning koʻrki – odam bolasi» ekanligi haqida xulosaga kelganligi ham uning insonparvarlik fazilatlarini namoyon qiladi.

U qoraqalpoq adabiyotida lirika, epik poeziyani rivojlantirish bilan birga, aytishuv janrining ham mahoratli ijodkori hisoblanadi. Uning Qiz Mengesh bilan aytishuvi shoirlar aytishuvining eng yorqin namunasidir.

Ajiniyoz ijodi xalq orasidan XX asrning 30-yillaridan boshlab yigʻib boshlangan. Dastlabki asarlari 1940-yil chop etilgan. Soʻnggi davrlarda 1960, 1961, 1965, 1975, 1988, 1994, 2014-yillarda shoirning tanlangan asarlarining toʻplami nashr etildi. Ajiniyozning hayoti va ijodi olimlardan N.Dauqarayev, Q.Ayimbetov, akademiklar M.Nurmuhammedov va H.Hamidov, shuningdek, A.Pirnazarov, B.Qalimbetov, A.Murtazayev, K.Mambetov, A.Paxratdinov, K.Allambergenov hamda boshqalar tomonidan ilmiy asosda tadqiq qilindi.


Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Chirchiq shahar bo'linmasi.

 


Report Page