“Yulduz Tech Awards - 2025” NOMINATSIYALAR

“Yulduz Tech Awards - 2025” NOMINATSIYALAR


(1) Yilning yetakchi ayol AT mutaxassisi – Dasturlash sohasida yirik yutuqlarga erishgan, innovatsion loyihalar yaratgan va texnologiyalar orqali jamiyat rivojiga hissa qo‘shgan ayol mutaxassis. U o‘z bilim va tajribasi bilan nafaqat texnik ko‘nikmalarini namoyon etgan, balki IT sohasida ayollar rolini kuchaytirishga ham faol hissa qo‘shgan.
(2) Eng innovatsion startap asoschisi – Yangi g‘oyalar asosida startap yaratgan, uni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ygan va raqamli yechimlar orqali real muammolarga amaliy ta’sir ko‘rsatgan ayol. Uning faoliyati orqali jamiyatda yangicha fikrlash, ijodkorlik va ijtimoiy mas’uliyat targ‘ib qilinadi.
(3) AT sohasida eng yaxshi oqituvchi – ushbu nominatsiya axborot texnologiyalari yo‘nalishida yuqori malakali pedagogik faoliyat olib borayotgan, zamonaviy o‘quv metodikalarini joriy etgan hamda yoshlarning raqamli ko‘nikmalarini oshirishda sezilarli natijalarga erishgan o‘qituvchilarga beriladi. Nomzod o‘z mehnati orqali AKT sohasida sifatli ta’lim ekotizimini shakllantirishga hissa qo‘shgan bo‘lishi kerak.
(4) AT sohasida yilning ayol mentori  – Yosh mutaxassislar va talabalarga bilim, tajriba hamda ruhiy ko‘mak berayotgan, ularning kasbiy o‘sishida muhim rol o‘ynayotgan mentor. U o‘z yo‘lidan ketayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash orqali ayollar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, tajriba almashish va o‘sish madaniyatini shakllantiradi.
(5) AT sohasida yil talabasi – O‘qish davomida yuqori natijalarga erishgan, turli IT tanlovlari, konferensiyalar va loyihalarda faol ishtirok etgan iqtidorli talaba-qiz. U o‘z salohiyati, ijodkorligi va o‘qishga bo‘lgan intilishi bilan IT sohasining kelajagini belgilovchi yosh avlod vakilidir.
(6) Yilning eng faol AT ayoli – mazkur nominatsiya axborot texnologiyalari ekotizimida keng qamrovli tashabbuslar bilan faoliyat ko‘rsatayotgan, jamoatchilik hayotida muntazam ishtirok etayotgan, IT sohasida xotin-qizlar faolligini oshirishga o‘z hissasini qo‘shayotgan ayol mutaxassislarga beriladi. Nomzodning loyihalari, ijtimoiy faolligi va sohaga qo‘shgan real amaliy hissasi asosiy baholash mezonlari hisoblanadi.
(7) Sun’iy intellekt sohasi yetakchisi – ushbu nominatsiya sun’iy intellekt yo‘nalishida innovatsion mahsulotlar yaratgan, tadqiqotlar olib borgan yoki AI yechimlarini amaliyotga tatbiq etish orqali sezilarli natijalarga erishgan ayol mutaxassislarni rag‘batlantiradi. Nomzodning ilmiy yondashuvi, texnik kompetensiyasi va jamoat manfaatlariga yo‘naltirilgan AI yechimlarining samaradorligi asosiy mezon sifatida ko‘riladi.
(8) Kiberxavfsizlik bo'yicha eng yaxshi ayol mutaxassis - Mazkur nominatsiya axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik, ma’lumotlarni himoyalash, risklarni boshqarish va raqamli tizimlar barqarorligini ta’minlash yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan ayol mutaxassislarni e’tirof etishga qaratilgan. Nomzod tashkilotlar, platformalar yoki foydalanuvchilar ma’lumotlarini himoya qilish, xavfsizlik strategiyalarini ishlab chiqish, kiberxatarlarning oldini olish va raqamli madaniyatni oshirishda sezilarli natijalarga erishgan bo‘lishi lozim. Ushbu nominatsiya AT sohasida ayollarning strategik va mas’uliyatli rollarini kuchaytirishga xizmat qiladi.
(9) AT sohasidagi ilg‘or ayol rahbar – mazkur nominatsiya IT yo‘nalishida rahbarlik lavozimida faoliyat yuritib, tashkilot, loyiha yoki jamoani muvaffaqiyatli boshqargan, strategik qarorlar orqali sohaga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatgan ayol rahbarlarga beriladi. Nomzodning boshqaruv ko‘nikmalari, natijadorlik darajasi, innovatsion yondashuvi va jamoaga ilhom berish qobiliyati asosiy baholash omillari hisoblanadi.
(10) AT orqali ijtimoiy ta’sir ko‘rsatgan loyiha Ayollar tomonidan yaratilgan, raqamli yechimlar yordamida jamiyatdagi dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan loyiha. Ushbu tashabbuslar texnologiyalar orqali ijtimoiy hayotda ijobiy o‘zgarishlar yaratish, aholining muayyan qatlamiga ko‘mak berish va insonlar hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
(11) AT da eng katta investitsiya jalb qilgan ayol‑tadbirkor – АT sohasi doirasida o‘z startapi yoki IT‑loyihasini rivojlantirish maqsadida sarmoya jalb qilishga muvaffaq bo‘lgan ayol tadbirkorni rag‘batlantirish uchun mo‘ljallangan. Nomzod — xalqaro yoki mahalliy investorlar, investor guruhlari, grant/investitsiya fondlari va moliyaviy manbalarni jalb qilib, loyiha / startapga sezilarli investitsiya kiritishni ta’minlagan ayol bo‘lishi lozim.
(12) AT’dagi Yosh yulduz (21 yoshgacha) – 21 yoshgacha bo‘lgan, AT yo‘nalishida salohiyatli, kreativ fikrlovchi va o‘z loyihalari orqali e’tiborga tushgan yosh iqtidor egasi. U o‘z avlodining innovatsion tafakkurini ifoda etadi va kelajakda yirik dasturlar, startaplar yoki ilmiy loyihalarning asoschisi bo‘lish salohiyatiga ega.
(13) Viloyatdagi raqamli rivojlanish yetakchisi – bu nominatsiya viloyatda axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritib, raqamli infratuzilma, elektron xizmatlar, AT‑loyihalar yoki texnologik yangilanishlar orqali viloyatning umumiy rivojiga hissa qo‘shgan shaxs yoki tashkilotni rag‘batlantirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu nominatsiyada dasturiy ta’minot, intellektual tizimlar, avtomatlashtirish, raqamli transformatsiya, IKT sohasidagi innovatsiyalar yoki boshqa IT‑faoliyatlar orqali mintaqaviy darajada ijobiy o‘zgarishlar yaratgan nomzodlar e’tirof etiladi.
(14) “Eng yaxshi ayollar AT jamoasi” – Bu nominatsiya axborot texnologiyalari yo‘nalishida birgalikda ishlagan, jamoasida bir nechta ayol mutaxassislar faol ishtirok etgan va sezilarli natijalarga erishgan loyihalarni taqdirlaydi. Jamoa tarkibida ayol dasturchilar, dizaynerlar, menejerlar yoki boshqa AT mutaxassislari bo‘lib, ular yaratgan mahsulot yoki loyiha o‘zining sifatli yechimi, innovatsion yondashuvi yoki amaliy foydasi bilan ajralib turishi lozim. Mazkur nominatsiya ayollar jamoaviy mehnati, hamkorlikdagi muvaffaqiyati va AT sohasidagi faol ishtirokini e’tirof etishga xizmat qiladi.
(15) “Yilning eng innovatsion AT loyihasi” – axborot texnologiyalari sohasida innovatsion yondashuv, texnologik yangilik yoki kreativ yechim bilan ajralib turgan loyihani rag‘batlantirishga mo‘ljallangan. Loyiha bozorga yoki jamiyatga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan, samaradorlikni oshirgan, texnologik jarayonlarni yaxshilagan yoki yangi imkoniyatlar yaratgan bo‘lishi kerak.

Report Page