Yozgi ma'yuslik

Yoz fasli deyilganda, odatda, tuganmas quvonch to’la uzaygan kunlar, iliq harorat, ta’til va odatiy ish tartibidan tanaffus ko’z oldimizga keladi. Bularning bari quloqqa xush yoqadi! Unda nega o'zimni ma'yus tuyaman? Yoz fasli ayrim insonlarga mavsumiy depressiya olib kelishi mumkinligini bilgan ayrim insonlar bundan hayratga tushadilar. Mavsumiy affektiv buzilish (yoki qishki depressiya deb ham ataladi) alomatlari ko’proq kuz va qishning sovuq va yomg’irli kunlarida kuzatilsa-da, u insonlarni kech bahor va yoz oylarida ham bezovta qilishi mumkin. (verywellmind.com)
Mavsumiy affektiv buzilish har yili bir vaqt oralig’ida qaytalanuvchi depressiya bilan farqlanuvchi holatdir. (smithsonianmag.com). “Yozgi depressiya nima?” Yozuvchi Sara Lindberg Mavsumiy affektiv buzilishning yozda namoyon bo’luvchi alomatlari kuz yoki qish mavsumida yuzaga chiquvchi alomatlaridan qanday farq qilishini o’rgangan Mayo klinikasi tadqiqotini biz bilan bo’lishadi. Mavsumiy affektiv buzilishdan kuz va qish faslida aziyat chekuvchi insonlarda horg’inlik, g’am-g’ussaga berilish, kunduzgi holsizlik va ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi. Mavsumiy affektiv buzilishdan yoz faslida aziyat chekuvchi insonlarda esa, odatda bunga teskari alomatlar, jumladan jig’ibiyronlik, sal narsaga tutaqib ketish, xavotir, bezovtalik, ozish, uyquning yomonlashuvi, insomnia va ishtaxaning yo’qolishi kuzatiladi.
Xo’sh, nega bizdan ba’zilarimiz o’zimizni Lana Del Reyning yozgi ma’yuslik (“Summertime Sadness”) qo’shig’idek his etaveramiz? Shifokor Norman Rosental va uning Ruhiy salomatlik bo’yicha milliy institutidagi hamkasblari yoz oylarida haddan ziyod oftobda toblanish va uning qay tariqa kishidagi sirkad ritmning o’zgarishiga olib kelishi mumkinligi borasida o'z mulohazalarini bo’lishadi(health.com). Yilning qisqargan tunlari va uzaygan kunlarida melatonin organizmda kamroq ishlab chiqariladi, natijada bu uyqu va uyg’onish ritmingiz buzilishiga, uyqudagi nosozliklarga olib kelishi mumkin. Uyqu yetishmovchiligi ruhiy salomatligimizda o’ta muhim rol o’ynaydi va bu depressiya alomatlarining ortib borishiga sabab bo’lishi mumkin: bunday alomatlar sirasiga jig’ibiyronlik, arzimas narsalarga tutaqib ketish va xavotir kiradi. Yozgi tushkunlikning ortishiga boshqa ehtimolli sabablar yuqori harorat, kundalik tartib yoki strukturaning yo’lga qo’yilmasligi va kishining o’z tanasi haqidagi salbiy tasavvurlaridir. Ta’tilga chiqish o'ylovi va mukammal tana haqidagi tasavvurlar va yozning jazirama issiq kunlari ham kayfiyatingizga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Mavsumiy affektiv buzilish boshqa mayl buzilishlari kabi sizga o’z salbiy ta’sirini o’tkazishi mumkin, ammo yozgi ma'yuslikdan xalos bo'lish yo'llari ham yo'q emas. Sara Lindberg tushkunlikni his qila boshlaganda yengib o’tishning ba’zi usullarini biz bilan bo’lishadi. Bular haftada 5 marotaba 30-60 daqiqalik jismoniy mashqlar qilib turish, mayndfulness meditatsiyasi bilan ko’proq shug’ullanish, chuqur nafas olish va o’zingizga g’amxo’rlik qilish strategiyalaridan iborat. Mavsumiy affektiv buzilish bilan aloqador boshqa yozgi tavsiyalarga xonaga quyosh nurlaridan pana qiluvchi qalin pardalar tutish bo'lishi mumkin, bu uyquni yaxshilashga ko’maklashuvchi melotanin moddasining ko’p miqdorda ishlab chiqarilishiga xizmat qilishi mumkin (health.com). Agar ushbu muolajalar kor qilmasa, mutaxassis yordamini olish vaqti yetgan bo’lishi mumkin. Muhimi, yolg’iz emasligingizni va yozgi MA'YUSlikdan xalos bo’lish yo’llari mavjud ekanligini yodda tuting.
Kanalga ulanish: Inson psixologiyasi