Yozgi maktab yakuni
Zilola UmarkulovaMen, Umarkulova Zilola Dilshot qizi Toshkent tibbiyot akademiyasi Tibbiy biologiya yo'nalishi 3-bosqich talabasiman, joriy yilning 31-iyulidan 20-avgustiga qadar Ilg'or texnologiyalar markazida "Summer School" doirasida amaliyot o'tadim.

U yerda bizga 1 - haftada o’z DNKlarimizni ajratib oldik va PZR, usuli yordamida ACE I/D polimorfizmini tadqiq qildik va bioinformatika va recombinant oqsillar bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega bo’ldik. 2-hafta davomida bizlar global muammolardan antibiotikka chidamlilik muammosi va unga qarshi kurashish texnologiyalari haqida ko’nikmalarga ega bo’ldik.

Shuningdek, recombinant oqsillarni yaratish va ularni ekspressiya qilish usullari bo’yicha amaliy ko’nimlarga ega bo’ldik. Hafta oxirida esa Innovatsiya, loyihalarni moliyalashtirilishi uchun kichik grantlar manbalari va markazda yaratilayotgan start-up va ilmiy loyihalar haqida yaqinda tanishib, o’z loyihalarimizni shakllantirish bo’yicha dastlabki bilimlarga ega bo'ldik. 3-haftada bizlarni kichik gruhlarga bo'lib chiqishdi va bizlar kreativ loyiha qilishimiz kerak edi biz hafta davomida o'z ustimizda ishladik.

Shulardan, biri antimikrob oqsillar yordamida patogen zararsizlantirish bo’lsa, ikkinchisi o’zidan yorug’lik taratuvchi o’simliklar va yana biri patogen bakteriyani erta tashxislash uchun test sistema, polietilenni parchalovchi fermentlar hamda o’sish gormoni ishlab chiqish kabi bir-biridan qiziq loyihalarimizni topshirdik.

Men Yozgi maktabda ishtirok etganimdan mamnunman va o'rgangan bilimni do'stlarimga ham o'rgatmoqchiman.
