“YouTube” ijtimoiy tarmog‘idagi “TEZKOR YANGILIKLAR” kanalida “Shoxida Xolida trans servis” MCHJ rahbari Sh.Aliboyeva “TADBIRKORNING OILASIGA BOSIM VA TAZYIQ O‘TKAZGAN HOKIM. BYUDJET PULLARI TALON-TAROJ QILINDIMI?” sarlavhasi ostida video murojaatga munos…

“YouTube” ijtimoiy tarmog‘idagi “TEZKOR YANGILIKLAR” kanalida “Shoxida Xolida trans servis” MCHJ rahbari Sh.Aliboyeva “TADBIRKORNING OILASIGA BOSIM VA TAZYIQ O‘TKAZGAN HOKIM. BYUDJET PULLARI TALON-TAROJ QILINDIMI?” sarlavhasi ostida video murojaatga munos…

Muborak tuman hokimligi axborot xizmati

Muborak tuman hokimligi axborot xizmati

“YouTube” ijtimoiy tarmog‘idagi “TEZKOR YANGILIKLAR” kanalida “Shoxida Xolida trans servis” MCHJ rahbari Sharofat Aliboyeva “TADBIRKORNING OILASIGA BOSIM VA TAZYIQ O‘TKAZGAN HOKIM. BYUDJET PULLARI TALON-TAROJ QILINDIMI?” sarlavhasi ostida video murojaat qilib, asoslanmagan vajlar bilan shikoyat qilgan.

  Murojaatchi muammo haqida aytib, “tuman hokimligining 7 nafar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida ajratilgan 67 mln, 321 mln so‘m byudjet puli yeb yuborildi”, degan.

 Tuman hokimligi ushbu videomurojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Xalq deputatlari Muborak tuman Kengashining 2022-yil 28-fevraldagi “Muborak tuman hokimligi apparat xodimlarining ish samaradorligini oshirish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Muborak tuman mahalliy byudjetining 2022-yil boshidagi erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi VI-37-25-4-64-K/22-sonli qaroriga ko‘ra tuman hokimligining 7 nafar apparat xodimlari Abdinazarov Nurbek Vaxob o‘g‘li (tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari), Aymamatov Umid Islombekovich (haydovchi), Mahamatov Jahongir Baxriddinovich (bosh mutaxassis), Nekboyev Ikrom Tashpulatovich (bosh kanselyariya mudiri), Tuymurodov Yodgorbek Abror o‘g‘li (Axborot xizmati mutaxassisi), Rajabov Gʻulom Ochilovich (Bosh mutaxassis), Shomatov Ulug‘bek Mirzayevich (yetakchi mutaxassis)larning ish haqlariga yanvar, fevral, mart oylarida (joriy yilning 1-choragi davomida) bir ish haqi miqdorida qo‘shimcha ustamalar ajratish bo‘yicha qaror qabul qilingan. Ushbu qarorning 1-ilovasiga ko‘ra Muborak tumani hokimligi kasaba uyushmasining 2022-yil 5-yanvardagi 1-sonli qarori ilova qilingan. Kasaba uyushmasi qarorining 2-bandida boshqaruv apparat xodimlari belgilangan ish soatidan tashqari ishlashlari, dam olish kunlari ham ishlashlarini inobatga olib, moddiy rag‘batlantirish maqsadida ish haqlariga har oyda bir oylik ish haqi miqdorida qo‘shimcha ustama ajratish belgilangan. Ushbu qaror “e-qaror” elektron tizimi orqali imzolangan bo‘lib, ushbu tizimda ham ko‘rish mumkin. Murojaatda aytilganidek, byudjet pullari “yeb” yuborilmagan.  Jumladan, Tuymurodov Yodgorbek Abror o‘g‘lining 2 oy avval ishlash maqsadida Rossiya davlatiga ketgani va Rossiyada bo‘lgan vaqtida ham oylik olgan degan fikr bildirilgan, ushbu fikr mutlaqo asoslanmagan yanvar oyida ish haqi to‘lanmaganligi to‘g‘risidagi elektron hujjat ko‘rsatib o‘tilmoqda.

Muborak tuman hokimligi axborot xizmati

Muborak tuman hokimligi axborot xizmati


Muborak tuman hokimligi axborot xizmati

 Video murojaatda keltirilgan vajning asossiz va tuhmat ekanligini inobatga olib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga hokimlik xodimlari tomonidan ariza orqali murojaat qilingan.

 

Video murojaatning keyingi qismida, “tuman hokimi vazifasini bajaruvchi shaxslar Xalq deputatlari Kengashi raisi etib tayinlanishi mumkin emas” degan vaj keltirilgan.

  “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasiga Xalq deputatlari Muborak tuman Kengashining 2021-yil 24-noyabrdagi VI-33-69-4-64-K/21-sonli qarori bilan Qashqadaryo viloyati Muborak tumani hokimi, 7-Tinchlik saylov okrugidan deputat Aripov Akram Oromovich Xalq deputatlari Muborak tuman Kengashi raisi lavozimiga tasdiqlangan.

  Video murojaatda, “Muborak dehqon oziq-ovqat bozori” MCHJ raisidan 5 ming dona ko‘chat va tashkilot rahbarlaridan ham ko‘chat pullari olinib, tuman hokimining ukasi rahbarlik qilayotgan firmaga o‘tkazib berilgan, degan vaj ham o‘z tasdig‘ini topmaydi.

  Tumanda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlarini tashkil etish maqsadida tuman mahalliy byudjetidan 2021-yil 24-noyabrda Xalq deputatlari tuman Kengashining VI-33-71-4-64-K/21-sonli “tuman hokimligi “Obodonlashtirish” boshqarmasiga tumanda “Yashil makon” loyihasi bo‘yicha ko‘chatlar sotib olish xarajatlariga qo‘shimcha mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra 100  mln. so‘m mablag‘ tuman “Obodonlashtirish” boshqarmasi o‘tkazib berilgan.  Ajratilgan mablag‘lar ochiq savdoga chiqarilgan bo‘lib, savdoda 2021-yil 18-dekabrda lot raqami №9401174 13 mln. so‘mlik

2 000 tup o‘rik ko‘chati, 18-dekabrda lot raqami №9401133 6 mln. 789 ming so‘mlik 1 000 tup o‘rik ko‘chati, 19-dekabrda lot raqami №9408081 6 mln. 890 ming so‘mlik

1 000 tup olxo‘ri ko‘chati, 22-dekabrda lot raqami №9415808 6 mln. 478 ming so‘mlik 1 000 tup o‘rik ko‘chati, 23-dekabrda lot raqami №9416781 4 mln. 467 ming so‘mlik 1 000 tup behi ko‘chati, 24-dekabrda lot raqami №9425426 8 mln. 333 ming 074 so‘mlik

926 tup sasna ko‘chati Surxondaryo viloyati, I.Karimov ko‘chasi 169-uyda faoliyat ko‘rsatuvchi “Violla 1001” MCHJ tomonidan elektron Davlat xaridlari portalida yutib olingan va yetkazib berilgan. Shuningdek, 2021-yil 23-dekabrda lot raqami №9416794 4 mln. 80 ming 010 so‘mlik 1 000 tup o‘rik ko‘chati, 23-dekabrda lot raqami №9418870 4 mln. 80 ming 010 so‘mlik 1 000 tup o‘rik ko‘chatlari Toshkent shahri, Mirobod tumani, Chinor MFY, Qo‘ylik 1, 10/34-uyda faoliyat ko‘rsatuvchi YATT “Turgunbayev Utkir Begimovich” tomonidan elektron Davlat xaridlari portalida yutib olingan va yetkazib berilgan.  Ushbu ko‘chatlar qonunda belgilangan tartibda sotib olingan va ushbu korxonalar videoda keltirilganidek tuman hokimi Akram Aripovning yaqin qarindoshlariga tegishli emas.

 

Video murojaatda, “2022-yilning 7-yanvar kuni Muborak tumani prokuraturasi tomonidan №15-79/22-sonli taqdimnomasi tuman hokimligiga yuborilgan bo‘lsada, taqdimnomada keltirilgan qonun buzilishi holatlari ko‘rib chiqilmasdan kelmoqda” de’ya murojaatchi o‘z fikrini bildirgan.

 Muborak tuman hokimligi tomnidan 2022-yil 7-martda 01-20/333-sonli xat orqali tuman prokuraturasining 2022-yilning 7-yanvardagi №15-79/22-sonli taqdimnomasiga javob berilgan. Ushbu javob xatida “Muborak dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJning 2015-yil 27-noyabrdagi navbatdan tashqari yig‘ilishi qarori 2015-yil 15-dekabrda Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasining №7-8-1002-4-sonli aloqa xati bilan jamiyat ta’sischilarining ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Nizom talablari asosida tasdiqlab qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan. 2015-yil 27-noyabrdagi “Muborak dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJning ta’sischilaridan ushbu qarorni bekor qilish bo‘yicha e’tirozli murojaatlar tushmaganligi sababli, ushbu qarorni bekor qilishga zarurat mavjud emasligi ma’lum qilingan.

  Murojaatchi Sh.Aliboyevaning turmush o‘rtog‘i fuqaro Dilmurod Qurbonovga nisbatan, 2021 yil 23 noyabrda Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksinining 45-moddasi qo‘llanilib, 1 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab, 1 yil 6 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. Fuqaro D.Qurbonov sud hukmidan norozi bo‘lib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi, Sudlov hay’ati apellatsiya instansiyasining ajrimiga asosan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining 2021 yil 23 noyabrdagi Qurbonov Dilmurod Elmurodovichga oid hukmi o‘zgarishsiz, apellatsiya shikoyatlari qanoatlantirilmasdan qoldirilgan. D.Qurbonov 2022-yil 21-fevraldagi “Muborak dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ ta’sischilarining 1-sonli umumiy yig‘ilishi qarori bilan “Muborak dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ raisi lavozimidan ozod etilgan.  

Hozirgi kunda murojaat va shunga o‘xshash asoslanmagan, tuxmat va ig‘vodan iborat “YouTube” tarmog‘idagi “TEZKOR YANGILIKLAR” kanali mas’ullari tomonidan murojaatlarni bir tomonlama o‘rganib, ikkinchi tomondan hech qanaqa ma’lumotlar olinmasdan, 2022-yilning 3-12-14-26-mart kunlari internetda e’lon qilingan video murojaatlar yuzasidan qonuniy chora ko‘rishlik bo‘yicha to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim qilingan.

  Ushbu holat o‘rganib chiqilgach, so‘ngida batafsil ma’lumot beriladi.


Muborak tuman hokimligi axborot xizmati

Report Page