Yotoqxona va ovqatlanish

Yotoqxona va ovqatlanish

Mezana akademiyasi

"Mezana"ning o‘g‘il bolalar uchun asosiy 5 yillik "Shariat qismi" bosqichiga yotoqxona va ovqatlanish masalasi bo‘yicha berilgan savollarga javoblar

Quyida Mezana xalqaro ilmlar akademiyasining asosiy 5 yillik "Shariat qismi" bosqichi yuzasidan yotoqxona va ovqatlanish masalasi bo'yicha berilgan savollarga javoblar berilgan.

1. Bu kursda o'qish bepul ekanligidan xabarimiz bo'ldi. Yotoqxona va ovqatlanish narx-navosi bilan tanishtirsangiz...

Javob: Yotoqxona va ovqatlanish pulli bo'lib, bir yil uchun jami $2000 (ikki ming dollar) ni tashkil qiladi. Yotoqxona va ovqatlanish xarajati eng kam miqdorda hisoblanib faqat 1 talabaga sarf qilinadigan xarajatni o'z ichiga oladi.

2. Yotoqxona hamda 3 mahal ovqatlanish uchun jami to'lovni bo'lib to'lash imkoni bormi?

Javob: Ha, to'lovini har bir yili uchun 2 ga bo'lib to'lash mumkin, ammo abituriyentlar o'qishga qabul qilingandan so'ng birinchi o'quv yili uchun yotoqxona va 3 mahal ovqatlanish xarajatining 50% ni to'lashlari lozim. Qolgan qismini o'quv yilining yarmida to'lashlari mumkin.

3. Yotoqxonada turish majburiymi?

Javob: Oilali talabalar uchun majburiy emas.

4. Yotoqxona va ovqatlanish to'lovidan tashqari talaba nimalarni o'zi bilan olib kelishi kerak? 

Javob: Talabalar o'zlari bilan ko'rpa, to'shak, choyshab va yostiq olib kelishlari kerak bo'ladi. 

5. Akademiya yotoqxonasining yana qanday qulayliklari bor?

Javob: Talaba Akademiya yotoqxonasida tursa, u 24 soat nazoratda bo’ladi va talaba tashqariga chiqishda hamda shaxsiy ishlarida murabbiydan ruxsat olgan holda tashqariga chiqishi mumkin.

Agarda talaba alohida tursa, bunda Akademiya talabaning Akademiyadan tashqaridagi holatiga javob bermaydi, o’z mas’ulligiga olmaydi.

Report Page