🛏 Yotoqxona

🛏 Yotoqxona

Akademiya yotoqxonasi bo'yicha berilgan savollarga javoblar


1) Yotoqxona kontrakt to'lovi ichidami yoki alohidami?

Javob: Yotoqxona to'lovi kontrakt to'lovidan alohida bo'lib oyiga 100$ tashkil qiladi.

2) Yotoqxonada turish majburiymi?

Javob: Yo'q, majburiy emas talaba xohlasa boshqa joyda turishi mumkin.

3) Oylik to'lov ichiga nimalar kiradi?

Javob: Talaba uchun yotoq (ko'rpa, to'shak, choyshab va hokazo), 2 mahal issiq ovqat, dars tayyorlash, kir yuvish va boshqa narsalar uchun sharoitlar kiradi.

4) Talabalar to'lovni oyma-oy amalga oshirishsa bo'ladimi?

Javob: Albatda, talabalar yotoqxona uchun to'lovlarni oyma-oy amalga oshirsalar bo'ladi. Faqat abituriyent o'qishga qabul qilinganidan so'ng, birinchi o'quv yilining boshida 3 oylik yotoqxona to'lovini oldindan amalga oshirishi lozim.

5) Akademiya yotoqxonasining yana qanday qulayliklari bor?

Javob: Talaba Akademiya yotoqxonasida tursa, u 24 soat nazoratda bo’ladi va uning salomatligi va sog’lig’iga murabbiylari mas’ul bo’ladi. Talaba tashqariga chiqishda va shaxsiy ishlarida murabbiydan ruxsat olgan xolda tashqariga chiqishi mumkin.

Agarda talaba alohida tursa, bunda Akademiya talabaning Akademiyadan tashqaridagi holatiniga (kasal bo’lishi, xavfsizligi… va hokazo) javob bermaydi, o’z mas’ulligiga olmaydi.

6) Talaba alohida yashasa, Akademiya tomonidan talabalar uchun qoidalar joriy etilganmi?

Javob: Talaba alohida yashasa va o’qishida, axloqida nomaqbul narsalar kuzatilsa u ma’lum bir jazo va ogohlantirishlardan keyin Akademiya yotoqxonasiga o’tkaziladi va murabbiylar nazoratida bo’ladi. Agar shunday holatda ham talaba ijobiy tomonga o’zgarmasa, u talabalar safidan chetlashtiriladi.











Report Page