Yoshlarning muammolari o‘rganildi

Yoshlarning muammolari o‘rganildi


Jamiyatning eng katta taʼsirchan kuchi sifatida bugun yurtimiz yoshlari davlatimizda olib borilayotgan keng islohotlar jarayonida faol ishtirok eshitmoqda, vatanimiz taraqqiyotini taʼminlash yo‘lida o‘z g‘oya va takliflari bilan maydonga chiqmoqda. Shu boisdan aytish lozimki, yoshlarning intilishlari va hayotiy maqsadlari har qanday soha rivojida katta asos bo‘lib xizmat qilishi, shubhasiz.

Uyushmagan yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoit va imkoniyat yaratish, ularni kasbga yo‘naltirish va bandligini taʼminlash, tashabbuslarini rag‘batlantirish bo‘yicha olib borilgan ishlar talab darajasida emasligini hayotning o‘zi tasdiqlamoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ham yoshlar bandligi va bu orqali ularning daromad topishlarini ta’minlash borasida bir qator amaliy choralar olib borilmoqda. 

Jumladan, joriy yilning 18-noyabr kuni Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Bunyod Oxunov o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashish maqsadida Toshkent viloyatining Angren shahriga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida, yosh avlodning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish va bandligini taʼminlash, kasb-hunarga o‘rgatish va ish bilan taʼminlash, ularga eʼtibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi va ularni ish bilan taʼminlash borasida tegishli topshiriqlar berildi.

Murojaatlar davomida ular orasida tadbirkorlik faoliyatini boshlash, yurgizishda qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoji bor ekani maʼlum bo‘ldi.

Albatta, yoshlar vatanimizning ertangi umidlari, kelajagimiz davomchilaridir. Shu maʼnoda ularning orzu-intilishlari va hayotiy maqsadlarini amalga oshirish, mustahkam qanot bo‘lish bugungi kundagi katta va hayotiy maqsadga aylanmog‘i lozim. Mazkur tashrif bu borada muhim amaliy qadam bo‘lib xizmat qilishi, shubhasiz.

Report Page