“Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturi amalda

“Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturi amalda


Joriy yilning 24 dekabr kuni “O`zatom” agentligi xodimlari uchun navbatdagi rejalashtirilgan ma`naviyat va ma`rifat soatida “Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturi bo`yicha savol-javoblarga boy tarzda va erkin muloqot shaklida davra suhbati o`tkazildi. 

Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yaratilgan 2017-2021 yillarga mo`ljallangan Harakatlar strategiyasi yangi O`zbekistonning taraqqiyot mexanizmi sifatida xizmat qilganligi hamda Davlat dasturi doirasida o`tgan davr mobaynida salmoqli va keng ko`lamli ishlar olib borilganligi to`g`risida so`z bordi.

Yoshlarni qo`llab-quvvatlash, Aholi salomatligini mustahkamlash, Davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni ta`minlash, Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta`minlash, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish, Davlat byudjetining shakllanishida fuqarolarning ishtirokini
ta`minlash va Moliyaviy bozorlarni rivojlantirish kabi mavzularda seminar ishtirokchilari o`zaro fikr bo`lishdilar. 

Bundan tashqari seminarda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi mutaxassisi Mirkomilov Anvarjon Reforms.uz elektron platformasida jamlangan islohotlar va ularning natijalari sodda va ommabop tarzda tashkil etilgani to`g`risida ma`lumotlar berdi. Xalqaro muloqot platformasiga aylangan ushbu dastur qatnashchilarga nafaqat Harakatlar strategiyasi doirasidagi islohotlarning natijalari bilan tanishishga, balki mamlakatdagi islohotlarni davom ettirish uchun chora-tadbirlarni ishlab chiqish jarayonida inobatga olinadigan o`z baho va tavsiyalarini taqdim qilishga imkon berdi.

Report Page