Yoshlarga e'tibor- kelajakka e'tibor.

Yoshlarga e'tibor- kelajakka e'tibor.


Buxoro davlat universiteti agronomiya va biotexnologiya fakulteti biologiya kafedrasida ota-onalar yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda o'quv ishlari bo'yicha boshqarma boshlig'i Jumayev Rustam G'aniyevich talabalarning kredit-modul o'quv tizimini yig'ilish qatnashchilariga tushuntirib o'tdilar. Ota-onalar tomonidan yo'llangan fikr va mulohazalar, shuningdek til kurslarini tashkil qilish, fakultet talabalarining ota-onalari uchun maxsus telegram kanal ochish kabi masalalar muhokama qilindi.

Jamoat tadbirlarda faol qatnashgan va fanlarni a'lo darajada o'zlashtirgan talabalar rahbariyat tomonidan faxriy yorliqlar bilan mukofotlandi.

BuxDU Matbuot xizmati


Report Page