#Yoshlar o'z maqsadlariga erishish yo'lida!

#Yoshlar o'z maqsadlariga erishish yo'lida!

Xumora Zavqiyevna

Talabalar turar joyida “Yоshlarni o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida” mavzusida motivatsion trening

2021 yil 7 iyun Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Quliev Yоrqin Karimovich universitetning Talabalar turar joyining 6-binosida talaba –qizlarning yashash sharoitidan xabar olib, shu binoning 4-qavatida istiqomat qilayotgan talaba qizlar bilan “Yоshlarni o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida” mavzusida motivatsion trening o‘tkazdi.

Aytish joizki, bu kabi muloqotlar yoshlarni ezgulikka, do‘stlik, vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etishga, kishilarning kayfiyati, ruhiyatini ko‘tarib, hayotni sevishga, insoniy sifatlarni oshirishga xizmat qiladi.

Uchrashuvda yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, yosh avlodni Vatanga muxabbat, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda yoshlarning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarining o‘rni to‘g‘risida so‘z yuritildi. SHu tarzda talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba –qizlarning bo‘sh vaqtlari mazmunli tarzda tashkil etildi. 

Tadbirdan so‘ng Talabalar turar joyining 6-binosida istiqomat qilayotgan     4-3PSI-19 guruhi talaba qizlarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Xonalarning tozaligi, talaba-qizlarning darsdan tashqari qanday kitoblar muloaa qilishlari to`risida suhbat qildi.

Pedagogika fakulteti matbuot xizmati:

https://t.me/Pedagogika_buxdu

Report Page