“Yoshlar kuni” tabrigi

“Yoshlar kuni” tabrigi

Muxriddin Xamzayev

Qadrli yoshlar,

Sizlarni 30-iyun - “Yoshlar kuni” munosabati bilan chin qalbdan muborakbod etaman. Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda ertamiz egalari boʻlmish, sizdek yoshlarimizning oʻrni beqiyos.

Yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yoʻlida jadal ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Oʻzbekiston yoshlari uchun misli koʻrilmagan imkoniyatlar eshigi ochilayotganligi zimmangizdagi mas’uliyatni yana bir necha karra oshiradi. Zero, yurtboshimiz, aziz xalqimiz, ota-onangiz va ustozlaringiz sizga bildirib turgan ishonchni oqlashingiz ham qarz, ham farzdir. 


Orzularingiz roʻyobi, ulkan maqsadlaringizga marra-yu zafarlar tilab,


Hurmat bilan,

Muxriddin XAMZAYEV

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi raisi


Report Page