Yoshlar harbiy qism mehmoni

Yoshlar harbiy qism mehmoni

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Samarqand garnizonidagi harbiy qismga Samarqand shahridagi 49-sonli umumta’lim maktab o‘quvchilari tashrif buyurishdi. Tashrif davomida yoshlar harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar, harbiy qismda mavjud bo’lgan harbiy texnikalar va ularning jangovar kuchi va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Ma’naviy hamda madaniy yo’nalishda o’tkazilgan tadbir davomida maktab o’quvchilari harbiy qismda tashkil etilgan o‘quv binosida Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi ajdodlarimiz tarixiga oid tematik sinfxonalarida mutaxassislar tomonidan keraklicha ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.

Harbiy xizmatchilar tomonidan davomli tashkillashtirib kelinayotgan ushbu tadbirlar o’sib kelayotgan yosh avlodni qalbida Vatanga muxabbat, yurtga sadoqat tuyg’ularini yanada kuchaytirishga sabab bo’lmoqda.

 

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati


Report Page