"Yoshlar, ekologiya va qonunchilik"

"Yoshlar, ekologiya va qonunchilik"


O'zbekiton Ekologik partiyasi Toshkent viloyati va "Angren universiteti" bilan hamkorlikda "Yoshlar, ekologiya va qonunchilik" mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati, O'zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent viloyati va Angren shahar partiya tashkiloti, "Angren universiteti" rektori, Komil Sindarov. shahar hokimligi, partiya faollari, "Ayollar va Yoshlar" qanoti yetakchilari va OAV xodimlari ishtirok etdi.

Dunyo aholisining qariyb 20 foizini yoshlar tashkil qiladi. O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich 60 foizdan oshadi. Yoshlar xalqimiz, davlatimizning bebaho boyligi. Ular uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, imkoniyatlar eshigi keng ochilgan va yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish borasida tushuncha berildi.


Tadbirda 2022 – 2023 yillarda qonunchilikdagi qabul qilinayotgan yangiliklar va o'zgarishlar, Jumladan ekologiyaga oid o'zgarishlari haqida so'z yuritildi. Mamlakatimizda ekologik madaniyatni va ekologik siyosatni rivojlantirish to'g'risida ta'kidlab o'tildil.


Shuningdek, partiya tomonidan yosh ekofaollarning g‘oya va tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni birlashtirish bo‘yicha zarur ishlar olib borilayotganligi qayd etildi.


Report Page