Yoshlar bilan uchrashuv

Yoshlar bilan uchrashuv


O’zXDP Sirdaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan yoshlarni qonun ijodkorligi jarayoniga keng jalb etish, ularning muhim tashabbus va takliflarini olish, yoshlarning siyosiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, hamda birinchi marotaba saylov jaryonlarida ishtirok etadigon yoshlarni elektoral saylov madaniyatini shakillantirish va siyosiy jarayonlarga jalb qilish maqsadida “Yosh siyosatchilar maktabini” tashkil etish yuzasidan uchashuv o’tkazildi. Uchrashuvda O‘zXDP Sirdaryo viloyati Kengashi rais o‘rinbosari A.Sandiyev, O‘zXDP Sirdaryo viloyati Kengashi Yoshlar va Xotin-qizlar bilan ishlash bo’limi mudiri D.Elmurodov , O‘zXDP Sirdaryo viloyati Kengashi tuman-shahar raislari hamda O‘zXDP Sirdaryo viloyati Kengashi “Yoshlar qanoti” Kordinatorlari ishtirok etishdi. Unda bu yilgi saylovlar birinchi marta yangicha, proporsional va majoritar tizimda oʻtishi, majoritar saylovda saylovchi shaxsga ovoz bersa, proporsional saylovda u oʻzi ma'qul deb topgan siyosiy partiyaga, ya'ni gʻoyaga ovoz berishi xaqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek birinchi marotaba saylov jaryonlarida ishtirok etadigon yoshlarni elektoral saylov madaniyatini shakillantirish va siyosiy jarayonlarga jalb qilish maqsadida  “Yosh siyosatchilar maktabini” tashkil etish yuzasidan amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlar hamda bolajak saylovlarda “Yoshlar qanoti” tuman-shahar Kordinatorlarining saylov jarayonlarida faol ishtirok etishliklari va saylov jarayonlarida qandey vazifalarni bajarishliklari xususida atroflicha tushuntirishlar berildi. Uchrashuv so’ngida yoshlar tomonidan saylov jarayonlarida partiyaning dastur va loyihalarini takomillashtirishda, yangi tashabbuslarni ilgari surishda, ijtimoiy masalalarga yangicha yechimlar topish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.


Report Page