Yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv

Yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv


Joriy yilning 14-iyun kuni Yangihayot tumanida joylashgan 3-sonli umumtaʻlim maktabida “Vatanning sodiq yoshlari” shiori ostida oʻquv seminar boʻlib oʻtdi.

Unda Milliy gvardiya inspektor-psixologlari, IIV xodimlari hamda maktabda tahsil olayotgan bir guruh yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.

Tadbirda maʼruzachilar bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan imkoniyatlar toʻgʻrisida maʼlumot berishdi. Shuningdek, bugungi kunda ayrim yoshlarning bilib-bilmay yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolayotgani, bunday yoshlarning ayanchli taqdirlari haqida ham gapirib, yoshlarni ogohlikka chorlashdi va yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, oilasi, Ona Vatani va elu-yurti uchun halol xizmat qilish barchaning asosiy burchi ekanligini taʼkidlab oʻtishdi.


Report Page