Yoshlar Akademiyasi Andijon viloyati a'zolarini taqdirlash marosimi o'tkazildi
Joriy yil 20-sentabr kuni Yoshlar Akademiyasi Andijon viloyati faoliyatini rivojlantirish, viloyat va Oliy ta'lim muassasalaridagi innovator yoshlar bilan ishlashni yangi bosqichga ko‘tarish uchun yillik yo‘l xaritasini ishlab chiqish maqsadida, Andijon Yoshlar texnoparkida Yoshlar akademiyasi Andijon viloyati liderlari, akademiya a’zolari, Andijon Yoshlar texnoparki direktori va mutaxassislari, viloyat oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektorlar, iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshliqlari, bo’lim mutaxassislari, inkubator va akselerator dasturlari mentor va trekkerlari ishtirokida o’quv seminar o‘tkazildi. O'quv-seminar davomida, ishtirokchilarga Yoshlar akademiyasining maqsad va vazifalari, imkoniyatlari to'g'risida, xususan, 2024-2025 o'quv yili mobaynida, viloyat va oliy ta'lim muassasalarida Yoshlar akademiyasi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar, tashkil etiladigan tanlov va yig'ilishlar yuzasidan muhokamalar bo'lib o'tdi. Soha egalari bilan hamkorlikda Yoshlar Akademiyasi Andijon viloyati jamoasi tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan maqsadli taklif va tashabbuslar ishlab chiqildi.
Uchrashuv davomida, Andijon viloyatida o‘tkazilgan ikkinchi saralash tanlovida Yoshlar akademiyasi a’zoligiga tavsiya etilgan 15 nafar ishtirokchiga, shuningdek, respublika va hududiy miqyosda tashkil etilgan innovatsion tanlovlarda g‘olib bo‘lgan 12 nafar iqtidorli yoshga Yoshlar Akademiyasiga a’zolik sertifikati va nishonlari topshirildi.