Yoshlar Ishlari Agentligining “WikiStipendiya” loyihasi uchun amaliyotchilar tanlovi

Yoshlar Ishlari Agentligining “WikiStipendiya” loyihasi uchun amaliyotchilar tanlovi

Wikistipendiya

“WikiStipendiya” — o‘zbekcha Vikipediyani rivojlantirish va bu orqali o‘zbek tilining mavqeini oshirishga qaratilgan loyiha.

🎯 “WikiStipendiya” jamoasi o‘ziga ishongan, katta loyihalarda o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan, yetakchilik qobiliyati kuchli yoshlarni loyihaning amaliyot dasturiga taklif qiladi.

Tanlovning maqsadi:

  • “WikiStipendiya” loyihasi uchun kuchli jamoa shakllantirish;
  • iqtidorli yoshlarga o‘z iqtidorini sinab ko‘rishi uchun imkoniyat yaratish;
  • kuchli yoshlar jamoasini shakllantirish hamda ular o‘rtasida ijtimoiy aloqa o‘rnatish;
  • o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda sinab ko‘rish imkoniyati;
  • yoshlarga katta loyihalarda qatnashish va o‘z loyihalarini boshlashlari uchun keng imkoniyatlar yaratish;
  • ishtirokchilarning boshqaruv hamda boshqa amaliy salohiyatlarini oshirish;
  • kelajakda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun qulay sharoit yaratish.

Bundan tashqari, jamoa bilan haftaning yakshanba kunlarida ko‘zga ko‘ringan kompaniyalarga biznes-turlar ham uyushtiriladi.

Amaliyotni muvaffaqiyatli tugatgan qatnashchilarga Yoshlar ishlari agentligida amaliyot o‘taganligi haqida sertifikat va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev tomonidan xalqaro stipendiya va xorijdagi oliy o'quv yurtlari uchuin tavsiyanoma (recommendation letter) beriladi. Bular yordamida esa istalgan xalqaro stipendiya va universitetlarga ariza topshirishda ustunlikka ega bo‘lasiz.

Tanlov shartlari:

  • 18-25 yosh oralig'ida bo'lishi;
  • Ingliz tilidan IELTS 6+ yoki unga teng darajaga ega bo‘lishi;
  • yoshlar bilan ishlash bo‘yicha kamida 1 yillik ish tajribaga egalik;
  • amaliyot uchun kunlik kamida ikki soat vaqt ajrata olishi;
  • majlislarga aytilgan vaqtda kela olishi;
  • Toshkent shahrida istiqomat qilishi.

Saralash bosqichlari:

🔸 1-bosqichda Google form shaklida so‘rovnoma o‘tkaziladi;

🔸 2-bosqichda intervyu jarayoni bo‘lib o‘tadi;

🔸 3-bosqichda ko‘nikmalarni yuzaga chiqaruvchi topshiriq beriladi.

Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar “WikiStipendiya” loyihasining amaliyot dasturiga tavsiya qilinadi.

1-bosqich uchun arizalar 13-iyundan 25-iyunga qadar (o'sha kuni ham) qabul qilinadi.
2-bosqichga o'tganlar uchun ma’lum sanalar belgilanadi va o‘sha kunda ular bilan intervyu bo‘lib o‘tadi.
Saralash bosqichi 05-iyul kuni o‘z yakuniga yetadi hamda o‘sha kuni javoblar e’lon qilinadi.


🧗‍♂️ Ushbu raqobatli saralash jarayonlarida barchaga omad tilaymiz. O‘z salohiyatingiz orqali bellashing, g‘olib bo‘ling va “WikiStipendiya” loyihasida o‘zingizni qaytadan kashf qiling!














Report Page