Yosh matematikning g'alabasi
Enter Engineering Pte.LtdBiz nafaqat Enter Engineering mutaxassislarining yutuqlaridan, balki ularning farzandlarining muvaffaqiyatlaridan ham quvonamiz. 20-iyul kuni Ispaniya poytaxti Madrid shahrida mental matematika bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro musobaqalarda chempion bo‘lgan 8 yoshli Imron Shuhratxo‘jaevning g‘alabasi g‘ururimizga yana bir sabab bo‘ldi.
Toshkent shahridagi 103-umumta’lim maktabining 3-sinf o‘quvchisi Imron mental matematikani hali 5 yoshga to‘lib ulgurmasdanoq kalkulyatordan ham tezroq hisoblashni o‘rganish imkonini beruvchi usullardan foydalangan holda o‘rganishni boshlagan.
— Bu kurslar maxsus abakus hisob vositasidan foydalangan holda maxsus darsliklar yordamida o'qitiladi, — Bu haqda Imronning onasi Madina Mo‘minova ma’lum qildi. — Toshkent mental matematika markazida har yili respublika tanlovi o‘tkazilib, uning g‘oliblari xalqaro tanlovlarda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Ushbu dasturda jami 10 ta o'qitish darajasi mavjud. O‘tgan yili Imron to‘rtinchi bosqichdan o‘tib, final bosqichida ikkinchi o‘rinni egallagan edi. Bu yil u beshinchi bosqichga ko‘tarildi va O‘zbekistonda 300 dan ortiq ishtirokchilar orasida birinchi o‘rinni egalladi.
Imron ham 13 kishidan iborat terma jamoa tarkibida Ispaniyaga yo‘l oldi va u yerda 15 davlat maktab o‘quvchilari bilan bellashishdi. Finalda jami 600 ga yaqin kishi qatnashdi. Biznikilarlarning esa hafsalasi pir bo‘lmadi, ular samarali chiqishdi – O‘zbekistondan kelgan har bir ishtirokchi sovrinni qo‘lga kiritdi.
Bolaning otasi, Enter Engineering kompaniyasining BGQIZ loyihasida texnik masalalar bo'yicha direksiyasi direktorining o'rinbosari A'zamxo'ja Mo'minovning so'zlariga ko'ra, o'g'li ushbu musobaqaga nafaqat intellektual tayorlandi, balki jamoadoshlari bilan birgalikda ijodiy chiqish - “Lazgi” va “Andijon polkasi” raqslarini ham o'rgandi. Finalda g'alaba qozonish 8 yoshli bola uchun ajoyib natija, chunki oxirgi bosqichda Imron 12-13 yoshli raqiblar bilan raqobatlashdi. Vazifalar oson emas edi: 5 daqiqada uch xonali raqamlar bilan 70 ta matematik misollarni yechish va tekshirish kerak edi. U barcha topshiriqlarni bajarishda yuqori natijalarga erishdi va chempionlik kubogini munosib ravishda oldi
Imron va uning ota-onasini ajoyib g'alaba bilan tabriklaymiz va ularga yangi yutuqlar tilab qolamiz!