Yosh kutubxonachilar malaka oshirmoqdalar

Yosh kutubxonachilar malaka oshirmoqdalar

https://t.me/natlibuz

Respublika kutubxona sohasi mutaxassislari Ilxomjon Muxtorov, Otabek To‘ymurodov va Rustam Malikovlar Rossiya Davlat kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan "Bloglar va ijtimoiy tarmoqlarda muloqot: strategiya va taktika" va "Aloqa menejmenti: boshqaruv psixologiyasi" malaka oshirish dasturlari bo‘yicha kurslarda ishtirok etmoqdalar. "Hamdo‘stlik kutubxonalarining ta'lim sohasidagi hamkorligi" Xalqaro loyihasi doirasidagi kurslar 2024-yil 16-25- may kunlari Moskva va Qozonda shahrida bo‘lib o‘tadi. 

Dastur ishtirokchilari «Obrazovanie» blokining ochilishida, Rossiya kutubxonalar Assosiasiyasining XXVIII yillik konferensiyasida, Halqaro hamkorlik bo‘limining yig‘ilishida, "Kutubxonada oila" loyihasi sessiyasida, "Kutubxona makonidagi yoshlar: taniqli rahbarlar va mahalliy trendlar" mavzusidagi yoshlar bo‘limining yig‘ilishida, RGB biznes dasturida, "Ijtimoiy tarmoqlarda kutubxonani targ‘ib qilish" ma'ruzasida, kutubxonachilar o‘rtasida moslashuvchanlik ko‘nikmalarni (soft skills) shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan guruh mashg‘ulotlarida, "Zamonaviy kutubxonachi: samarali muloqot" o‘quv seminarida ishtirok etadilar, Tatariston Respublikasi Milliy kutubxonasiga tashrif buyurishadi, "Kutubxona ko‘p qutbli dunyoda. Xalqaro istiqbol" kabi taqdimotlar bilan tanishadilar.


Report Page