“Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi bo‘lib o‘tadi

“Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi bo‘lib o‘tadi


2024-yil 5-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Byudjet hisobi va g‘aznachilik fakulteti “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovida tashkil etilmoqda.


Tanlovda ta’lim yo‘nalishi, sohasi, mutaxassisligidan qat’iy nazar, talabalar jamoaviy bo‘lib ishtirok etishlari mumkin hamda 1- bosqichda har bir fakultetdan 6 nafardan ishtirokchini o‘zida jamlagan 1 tadan jamoa ishtirok etishi mumkin.


Tanlov shartlari quyidagicha:


1-shart: “Men yoqtirgan asar”. Ushbu shartda ishtirokchi jamoaning faqat 1 nafar jamoa a’zosi tomonidan “Men yoqtirgan asar” nomi ostida o‘zi sevib o‘qigan asari bo‘yicha qisqacha 3 daqiqa annotatsiya beradi.


2-shart: “Eng bilimdon kitobxon” savol-javob sharti. Bunda tanlov ishtirokchilari o‘rtasida 30 ta jadidlar hayoti va ijodidan savol-javob o‘tkaziladi. Barcha jamoalarga bir vaqtning o‘zida bir xil savol beriladi.


Mazkur tanlov Byudjet hisobi va g‘aznachilik fakulteti, Obi-hayot 1-faollar zalida soat 14.00 da bo‘lib o‘tadi.


Qo‘shimcha savol yoki murojaat uchun: +998 99 809 29 62

Report Page