"Yosh kitobxon talabalar ligasi" tanlovi

"Yosh kitobxon talabalar ligasi" tanlovi

Namangan davlat pedagogika instituti

I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur tanlov universitet talaba-yoshlari o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali va tizimli tashkil etish va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etiladi.


2. “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovida ta’lim yo‘nalishi, sohasi, mutaxassisligidan qat’iy nazar universitetda tahsil olayotgan talabalar jamoaviy bo‘lib ishtirok etadi.


3. Tanlovda talaba-yoshlarning keng qamrovli ishtiroki Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorlari hamda fakultet dekan o‘rinbosarlari tomonidan ta’minlanadi va muvofiqlashtiriladi.


II. Tanlovning maqsadi va vazifalari

4. Tanlovning asosiy maqsadi - talaba-yoshlar o‘rtasida badiiy asarlaming hayotimizdagi о‘mi va ahamiyatini targ‘ib qilish orqali yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, ularning kitobdan foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.


5. Tanlovning vazifalari quyidagilardan iborat:


mamlakatimizda kitobxonlikni keng targ‘ib etish;


badiiy asarlarni yaratish va qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni hamda jamiyatimizda yuksak ma’naviyatni shakllantirish va mustahkamlashda badiiy asarlar roli va ahamiyatini yoshlar ongiga singdirish;


ijodkorlar tomonidan yangi yaratilgan badiiy asarlar bilan talaba-yoshlarni yaqindan tanishtirib borish, ularda kitobni mutolaa qilish, tahlil qilib, o‘zlarining mustaqil fikr bildirishga oid ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;


yoshlar o‘rtasida kitobxonlik harakati targ‘iboti ta’sirchanligini yanada oshirish;


kitobning yosh avlodni har tomonlama yetuk, yuksak ma’naviyatli, intellektual salohiyatli, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalashdagi ahamiyati to‘g‘risida talabalarning tasavvurlarini yanada boyitish;


iste’dodli va iqtidorli talabalami rag‘batlantirishdan iborat.


III. Ko‘rik-tanlovini o‘tkazish shartlari baholash mezonlari

6. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovini o‘tkazish bo‘yicha shoir-yozuvchilar, professor-o‘qituvchilar, jumalistlar va boshqa mutaxassislardan iborat Hakamlar hay’ati tuziladi.


7. Tanlov oliy ta’lim muassasasida 1 bosqichda, fakultetlararo tuzilgan har bir fakultetdan 1 nafardan jamoa ishtirok etadi.


8. Har bir jamoada 6 tadan ishtirokchi tarkibda shakllantiriladi.


IV. Tanlov shartlari quyidagicha:

1-shart “Men yoqtirgan asar” sharti.


Bunda, ishtirokchi jamoaning faqat 1 ta jamoa a’zosi tomonidan “Men yoqtirgan asar” nomi ostida o‘zi sevib o‘qigan asari bo‘yicha qisqacha 3 daqiqa annotatsiya beradi. “Annotatsiya mahorati” shartida Hakamlar hay’ati ishtirokchilaming “Asarga tayyorlangan annotatsiya”sini baholashda ularning yoqtirgan asarni o‘qiganligini tekshiradi hamda mohiyatini to‘g‘ri tushungani va ifoda etib bera olish qobiliyati, asaming g‘oyasi va mazmunining to‘liq qamrab olinganligi, kitobxon tomonidan asarga munosabatning (tanqidiy yoki ijobiy) qiziqarli va jozibador tarzda bildirilganligi, annotatsiya matnida fikrni ifodalash uslubi, badiiy obrazlaming real hayot bilan bog‘liq ibratli tomonlari ochib berilganligiga qarab ball beradi. Ushbu shart 1-10 ballgacha (maksimal 10 ball) baholanadi.


2-shart “Eng bilimdon kitobxon” savol-javob sharti.


Bunda, tanlov ishtirokchilari o‘rtasida 30 ta Jadidlar hayoti va ijodidan savol-javob o‘tkaziladi. Barcha jamoalarga bir vaqtning o‘zida bir xil savol beriladi. Jamoalar bergan javoblarini 1 daqiqa ichida blankka yozib berishlari kerak bo‘ladi. Ushbu shart 1 ta savol uchun 1 balldan jami 30 ball bilan baholanadi.


Jamoalaming to‘plagan ballari o‘zaro teng kelib qolgan taqdirda 2-shart asosida qo‘shimcha savollar beriladi va g‘olib jamoa aniqlanadi.

9. 1-shartda Hakamlar hay’atining har bir a’zosi o‘zining bahosini namoyishkorona e’lon qiladi va asoslab beradi. Barcha a’zolaming qo‘ygan ballari umumlashtirilib, ularning umumiy soniga bo‘lingan holda 1-shart uchun o‘rtacha ball chiqariladi.


10. Yakuniy ball - tanlovning ikkita sharti natijalari bo‘yicha ishtirokchilaming to‘plagan ballarini qo‘shish (10+30=40 ball) natijasi asosida aniqlanadi.


V. Tanlovni o‘tkazish tartibi va muddatlari

11. Tanlovni o‘tkazish bo‘yicha ta’lim muassasasida Ishchi guruh tuziladi. Ishchi guruhga institut rektori rahbarlik qiladi. Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor yuqori saviyada tashkil etilishiga shaxsan mas’ul hisoblanadi.


12. Barcha bosqichlar bo‘yicha soha olimlari, yozuvchilar, soha mutaxassislari, taniqli ijodkorlar, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat tarkibda Hakamlar hay’ati tuziladi.


13. Tanlov joriy yil aprel oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi


VI. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash

14. Tanlovning barcha ishtirokchilari fakultetlar tomonidan sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishi mumkin.


15. Tanlovning g‘olib jamoalari institutning talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan pul mukofoti bilan taqdirlanishadi:


VIII. Yakuniy qoidalar

16. Tanlov natijalari ijtimoiy tarmoqlarda va rasmiy veb-saytlarda e’lon qilib boriladi.


17. Hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan o‘rin yuzasidan izoh beriladi. Qabul qilingan qarorni muhokama etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Report Page