Yosh ijodkorlar kengashi tomonidan “Qizlar ovozi ” forumi doirasida tashkil etiladigan “101 o‘zbek ayoli ” fotosuratlar tanlovi nizomi

Yosh ijodkorlar kengashi tomonidan “Qizlar ovozi ” forumi doirasida tashkil etiladigan “101 o‘zbek ayoli ” fotosuratlar tanlovi nizomi

Respublika yosh ijodkorlar kengashi



1. Umumiy qoidalar

 

 1.1. Mazkur Nizom ijodkor yoshlar o‘rtasida “101 o‘zbek ayoli” tanlovini (keyingi o‘rinlarda Tanlov deb yuritiladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.

1.2. Ushbu Tanlov ijodkor yoshlar o‘rtasida adabiy did va madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirishga yo‘naltirilgan.

1.3. Tanlovni yuqori saviyada o‘tkazish uchun Respublika yosh ijodkorlar Kengashi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi masʼul tashkilotlar etib belgilanadi.

1.4. O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va tilidan qatʼi nazar 15 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar Tanlovda ishtirok etish huquqiga ega.

1.5. Tashkiliy qo‘mita Tanlov nizomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolatiga ega.

 

2. Tanlovning maqsad va vazifalari

 

2.1. Mazkur Tanlov 8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘zbek ayollari siymosini gavdalantirish va bu orqali yosh fotograflarni qo‘llab quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etiladi.

2.2. Tanlovni tashkil etish orqali quyidagi vazifalar bajarilishi ko‘zda tutiladi:

– Yosh fotograflarning jamiyatdagi faolligini oshirish, tiklash ularga ijod qilishlari uchun imkoniyat va muhit shakllanishiga erishish;

– Respublikamizda yashaydigan turli ayollar va qizlarning siymosini gavdalantirish va keng ommaga namoish etish;

– Milliy fotoarxivimizni bir-biriga o'xshamagan, yuqori saviyadagi, milliy ruhdagi xotin-qizlar tasvirlari bilan boyitish;

– yoshlarni o‘zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida fotografiyaga bo‘lgan qiziqishni keng ommalashtirish.

 

3. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish tartibi, baholash mezonlari

 

3.1. Tanlovni tashkil etish va uni o‘tkazish vazifasi Respublika yosh ijodkorlar Kengashi zimmasiga yuklatiladi.

Respublika yosh ijodkorlar Kengashi:

– Tanlovni o‘tkazish borasida qaror qabul qiladi;

– Tanlovning asosiy bosqichlari va tartib-qoidalari haqida ishtirokchilarni xabardor qiladi;

– barcha ishtirokchilar uchun teng sharoitlar yaratadi;

– Tanlovni o‘tkazish borasida shaffoflik va xolislikni taʼminlaydi;

– muddatidan oldin Tanlov natijalari haqida maʼlumotlar tarqalishining oldini olish choralarini ko‘radi;

– Tanlov ishtirokchilari o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni hal etadi;

– Mazkur Nizomga asoslangan holda Tanlovning o‘tkazilishini tashkil etadi.

3.2. Tanlovda ishtirok etishni xohlovchi  yoshlar o‘z ijodiy ishlarini ismi sharifi, pasport nusxasi va telefon raqamini, shuningdek, ijodiy ishlarining nomini ilova qilgan holda 3-mart soat 23:59 ga qadar telegramdagi @yuzbirayol_bot manziliga yuborishlari kerak.


3.5 Tanlov quyidagi shaklda o‘tkaziladi.

– Yuqorida ko’rsatilgan bot orqali ijodiy ishlar qabul qilinadi

– Qabul qilingan ijodiy ishlar ekspertlar tomonidan saralanadi.

– Eng yaxshi deb topilgan 101 dona fotosurat “Qizlar forumi” doirasida o‘tkaziladigan “101 O‘zbek ayoli” foto ko’rgazmasiga kiritiladi.

–      Ko‘rgazmaga kiritilgan ishlar orasidan nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.

 

4. G‘oliblarni taqdirlash

 

4.1 Tanlov g‘oliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:

–  “101 o‘zbek ayoli” ko’rgazmasiga eng ko’p ishi kiritilgan ijodkor

5 000 000 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

–   “101 o‘zbek ayoli” ko’rgazmasiga kiritilgan eng yaxshi fotosurat muallifi 5 000 000 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

4.2 Saralash bosqichidan o'tib, 101 ta eng yaxshi ishlar qatoridan joy olib, ko'rgazmada namoyishga qo'yilgan barcha ishlar mualliflari maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

 

5. Tanlovning moliyalashtirish manbalari

 

5.1. Tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar quyidagi manbalar hisobidan:

– O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi Respublika yosh ijodkorlar Kengashi mablag‘lari;

– Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

 


 


Report Page