Yosh gandbolchilarimiz Erondagi xalqaro turnirda sovrindor bo‘lishdi

Yosh gandbolchilarimiz Erondagi xalqaro turnirda sovrindor bo‘lishdi


Joriy yil 13-20-yanvar kunlari Eron Islom Respublikasining Xuzestan shahrida gandbol bo‘yicha 2002-2004-yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Turnirda shu yosh toifasida dunyoning eng kuchli jamoalari ishtirok etdi.


O‘zbekiston gandbol federatsiyasi bosh kotibi Ismoil Matxalikovning xabar berishicha, mazkur nufuzli musobaqada qatnashgan mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari o‘z irodasini namoyish qilib, shohsupaning 3-pog‘onasiga ko‘tarilishdi. Bu bilan o‘zbekistonlik gandbolchilar 2022-yildagi ilk xalqaro turnirni katta yutuq bilan boshlab, muxlislarga quvonchli lahzalarni tuhfa qilishdi.


Vakillarimiz musobaqa davomida Iroq (28:15), Gruziya (43:29), Turkiya (33:26), Eron yoshlar terma jamoasi (38:21) ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, musobaqa mezbonlarining 2004-yilda tug‘ilgan yoshlar terma jamoasiga 23:22 hamda 2002-yilda tug‘ilgan yoshlariga 34:22 hisobida imkoniyatni boy berishdi.


Safar davomida mamlakatimiz sport delegatsiyasiga Ismoiljon Matxoliqov rahbarlik qilgan bo‘lsa, bosh murabbiy vazifasi Botir Karadjaevga ishonib topshirildi.


Terma jamoamiz a’zolari Erondan yurtimizga 21-yanvar kuni qaytib kelishadi.


Report Page