Yong‘in bartaraf etildi...
Namangan FVB Matbuot xizmati
Joriy yilning 3 noyabr kuni soat 07-10 da Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limini 101 qisqa raqamiga Namangan shahar Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘ini SHoximardon ko‘chasi 8-berk 28-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi.

Zudlik bilan voqea joyiga Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruv qismi shaxsiy tarkibi etib bordi.
Yong‘in natijasida yashash uyini shift va tom qismidan 90 kv.metr joyi hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yonib zararlangan. Sodir bo‘lgan yong‘inni yong‘in-qutqaruvchilar tomonidan soat 07-59da o‘chirildi.
Tezkor harakat natijasida Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan 250 kv.metr joyi saqlab qolindi.
Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida insonlarni kuyish tan jarohati olish hamda halok bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan.
Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Namangan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi OGOHLANTIRADI!!!
Kuz-qish mavsumida davomida yashash xonadonlari va Halq xo‘jaligi maskanlarini isitish maqsadida foydalanilayotgan gaz, elektr isitish asboblarini nazoratsiz qoldirmang.
HURMATLI HAMYURTLAR, YONG‘IN, CHAQNASH, IS GAZIDAN ZAHARLANISH va boshqa FAVQULODDA VAZIYATLARDAN EHTIYOT BO‘LING!
Yo‘lda harakatlanayotganingizda yong‘in-qutqaruv maxsus avtomashinalari harakatlariga halal bermang!
Yong‘in xafvsizligi qoidalariga rioya qiling!
Namangan FVB Matbuot xizmati.