Yong‘in bartaraf etildi...

Yong‘in bartaraf etildi...

Namangan FVB Matbuot xizmati
Namangan FVB Matbuot xizmati

    2022 yilning 1mart kuni soat 14-46da Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limini 101 qisqa raqamiga Namangan shaxar Ozod Maxalla fuqarolar yig‘ini Fidokor ko‘chasi 1-berk 2-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi.

Namangan FVB Matbuot xizmati

Kelib tushgan ma’lumotga asosan soat 14-52da Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in qutqaruvchilari voqea joyga yetib borgan va soat 14-54da yong‘in joyi o‘rab olingan.

Yong‘in natijasida honadonning shift va ichki qismidan  40 kv.metr joyi hamda qisman uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlangan. Yong‘inda fuqarolarni kuyib tan jaroxati olish hamda xalok bo‘lish xolatlari kuzatilmagan.

Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tegrovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Namangan FVB Matbuot xizmati

Yong‘in to‘liq bartaraf etilgandan so‘ng, xonadonni yong‘inga qarshi xolati o‘rganilganda, tabiiy gazni rezina shlang orqali hamda isitish maqsadida qo‘lda yasalgan nostandart tunuka pechkadan foydalanayotganligi aniqlandi.

Namangan FVB Matbuot xizmati

Namangan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi OGOHLANTIRADI!!!

HURMATLI HAMYURTLAR, xonadoningizda yuqoridagi ko‘rsatib o‘tilgan tabiiy gazni rezina shlang orqali hamda nostandart qo‘lda yasalgan isitish pechlaridan foydalanmang.

YONG‘IN, CHAQNASH, IS GAZIDAN ZAHARLANISH va boshqa FAVQULODDA VAZIYATLARDAN EHTIYOT BO‘LING!

Yong‘in xafvsizligi qoidalariga rioya qiling!

 

Namangan FVB Matbuot xizmati


Report Page