Yong‘in...

Yong‘in...

Namangan FVB Matbuot xizmati
Namangan FVB Matbuot xizmati

Dastlabki ma’lumotlarga asosan 2021 yilning 18 dekabr kuni soat 02-34da Uchqo‘rg‘on tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limini 101 qisqa raqamiga Uchqo‘rg‘on tuman Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘ini Do‘stlik ko‘chasi 106-uy 10-xonadonida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi.

Namangan FVB Matbuot xizmati

Kelib tushgan ma’lumotga asosan soat 02-38da Uchqo‘rg‘on tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in qutqaruvchilari voqea joyga yetib borgan va soat 02-40da yong‘in joyi o‘rab olingan.

Namangan FVB Matbuot xizmati

Yong‘in oqibatida yashash uyiniing ichki qismidan 40 kv.metr joyi va uy-ro‘zg‘or buyumlari hamda qo‘shnisini yashash uyini ichki qismidan 10 kv.metr va 12-xonadonning eshigi va uyga kirish yo‘lak devorlari yonib zararlangan.

Namangan FVB Matbuot xizmati

Sodir bo‘lgan yong‘in soat 03-00da Uchqo‘rg‘on tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in qutqaruvchilari tomonidan bartaraf etilgan.

Namangan FVB Matbuot xizmati

Yong‘in o‘chirish vaqtida kuygan xolda 2 qavat yulagidan 10-xonadon egasini jasadi va farzandining yashash uyining yuvinish xonasida tutunga dimiqqan holda jasadi topilgan.

Namangan FVB Matbuot xizmati

Yong‘in o‘chirish vaqtida 106-sonli ko‘p qavatli uyda yashovchi 6 nafar ayol, 6 nafar erkak va 4 nafar voega etmagan o‘g‘il va qiz bolalar Uchqo‘rg‘on tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in qutqaruvchilari tomonidan xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi.

Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tegrovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

  Namangan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi OGOHLANTIRADI!!!
Kuz-qish mavsumida davomida yashash xonadonlari va Halq xo‘jaligi maskanlarini isitish maqsadida foydalanilayotgan gaz, elektr isitish asboblarini nazoratsiz qoldirmang.
HURMATLI HAMYURTLAR, YONG‘IN, CHAQNASH, IS GAZIDAN ZAHARLANISH va boshqa FAVQULODDA VAZIYATLARDAN EHTIYOT BO‘LING!
Yong‘in xafvsizligi qoidalariga rioya qiling!

 

Namangan FVB Matbuot xizmati

Report Page