Yo‘lovchilar diqqatiga!

Yo‘lovchilar diqqatiga!

@railway_uz

Joriy yilning 23 iyul kuni “Samarqand - Qarshi” uchaskasi oralig‘ida profilaktika ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan “Toshkent - Qarshi” yo‘nalishida harakatlanadigan 758/757-sonli “Afrosiyob” elektropoezdi shu kuni o‘z qatnovini Toshkentdan Samarqandgacha amalga oshiradi.  

Shuningdek, ushbu sanada 8/7-sonli “Toshkent - Shahrisabz” yo‘nalishidagi tezyurar poezd qatnovi bekor qilinadi. Ushbu kunga xarid qilingan chiptalar vokzal kassalarida to‘liq qiymatda qaytariladi.

IZOH: Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi  1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Report Page