Yolg'izlik nima?

Yolg'izlik nima?

Ikrom

Yolgʻizlik nimaga kerak?

Yolgʻizlik insonni bir oʻzi qolib, kelajagi, hayoti yoki maʼlum bir mavzu haqida kunlab, haftalab, oylab chuqur tafakkur qila olishi uchun kerak boʻladigan qulay muhitdir.

Hech qachon yuzlab odamlar orasida chuqur tafakkur qila olmaysan. Atrofda baland shovqin, g'ala-g'ovur boʻlib turganda diqqatni jamlash - it's impossible.

Koʻplab buyuk fikrlar yolgʻiz qolgan paytdagi teran fikrlashdan kelib chiqadi. Shubhasiz. Tarixda oʻz nomini qoldirgan koʻplab faylasuflar ham muntazam yolgʻizlikka yuz tutib, davlat, hayot, haqiqat, ayollar va hkz mavzularda fikrlagan. Va ishonch bilan ayta olamanki, buning mahsulini ular qoldirgan kitoblar, qoʻlyozmalardan ortigʻi bilan koʻrib turibmiz.

Shu sababli, baʼzida odam oʻzini maʼlum muddatga izolyatsiyalab, muhim masalalarni oʻylab olishi, fikrlashi foydadan holi boʻlmaydi. Hech qanday chalgʻituvchi tashqi taʼsirlarsiz. 

Faylasuflar haqida ikki ogʻiz gapirib oʻtsam. Ularni deyarli hammasi odamovi, jamiyatdan uzilgancha oʻz gʻoyalari bilan yashaydigan, hatto oʻz oilasidan ham yuz oʻgiradigan (Rumiy) darajada mukammal prinsiplarga ega boʻladi. Shopengauer, Nitshshe singari sovuq fe'lli, o'ziga hech kimni yaqinlashtirmaydigan nigilistlari ham talaygina. Lekin, nima boʻlganda ham, ularni shaxsiyatidan koʻra koʻproq, qoldirgan merosi ahamiyatliroq biz uchun.

Huddi shu kabi, sen ham agar yolgʻiz qolib, nimadir masalada chuqur fikrlamoqchi boʻlsang, natijalarni qayd etib qoʻy. Chunki, shuncha qilingan tafakkur havoga uchib ketmasligi, buni mevasini olib boshqalarga ulashish ham kerak. Unutma, buyuk gʻoyalar yolgʻizlikdagi fikrlashdan kelib chiqadi.

https://t.me/kitob_dunyom/108


Yaponiyalik yangi Robinzon Kruzo

Yaponiyalik Reykko Xori Avstraliyaning 7 ming kilometr shimoliy-g‘arbida joylashgan Indoneziyaning kimsasiz Amparo orolida 19 kun ixtiyoriy yashadi. Osakaning 22 yoshlik fuqarosi Docastaway sayyohlik agentligidan chipta sotib oladi va ular Reykkoni kattalashtiruvchi oyna va suvosti ov miltig‘i bilan orolga tashlab ketishadi. 

Reykkoning so‘zlariga ko‘ra, u atrofdagilar bilan yaxshi chiqisha olmaganligi uchun o‘zini noqulay sezar ekan. O‘ylab ko‘rib, ta'tilga hech kim bilan bormaslikka qaror qiladi.

Noodatiy sharoitlarda yashash qanday bo‘lishini bilmoqchi edim, deb tushuntirdi Reykko. U avval hech qachon qilib ko‘rmagan ishini hayotda sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi. Bu sinov esa uni dunyoga boshqacha ko‘z bilan qarashga undadi.

“Insonlar qadami yetmagan dunyo men yashamoqchi bo‘lgan joy emasligini tushunib yetdim. Men shuni bildimki, odamlar bilan muloqot qilib, nafaqat azoblanish balki baxtli bo‘lish mumkin ekan. Albatta, endi men jamiyatda bo‘lishni xohlayman”, - deydi Reykko.

https://t.me/KnowUzb/46


Juda ko‘plab zooparklar Flamingolarni ko‘paytirish bilan bog‘liq muammolarga duch kelishadi. Yovvoyi tabiatda bu qushlar juda katta to‘da xolida yashashadi, zooparklarda esa anchagina kam. O‘zini xavfsiz va erkin his qilmaganliklari sababli ko‘payish instinkti pasayadi.

Bu muammoni hal qilishning bir qancha usullari qo‘llanilgan. Masalan, eng keng tarqalgan usul bu ko‘zgular o‘rnatish. Bu ulkan to‘dada yurganlik hissini beradi, xavfsizlik hissi oshadi.

Shuningdek, ushbu qushlarning kartondan tahlangan figuralarini o‘rnatish; maniken qush, uya, tuxumlar o‘rnatish; flamingolar ovozi yozilgan kasetalardan foydalanish kabi usullar ham qo‘llanilmoqda.

https://t.me/wikipediya_1/358


Yolgʻizlik

Yolgʻizlik— bu nevroz odam uchun qoʻrquv, sogʻlom odam uchun esa energiya manbai.

https://t.me/otkirbekshergoziyev/226


Shovqinli dunyoda dabdala boʻlayotgan asablar

Balki endi bunga psixolog sifatida qaray boshlagandirman yoki ancha yil aqliy faoliyatda ishlab taʼsirchanligim ortdi. Soʻnggi paytlarda shovqinsiz vaqtni, joyni juda qadrlaydigan boʻlib qolganman. 

Shovqinli muhitdan iloji boricha tezroq qochaman yoki imkonim boʻlsa uni bartaraf qilaman. 

Masalan, 

▪️ Bazmli toʻylarda uzoq turmayman, chunki "kalonka" lardan chiqayotgan hatto suyakkacha titratib yuboradigan baland ovozdan oʻzimni ehtiyot qilaman;

▪️ Oʻquv markazida administratorlardan kichik yoshli oʻquvchilarimizni yaxshiroq nazorat qilinglar deyman va oʻqituvchilarning "baqirib" dars oʻtishini ham yoqtirmayman;

▪️ Oshxona, kafe kabi joylarda yonimdagi odamlar juda baland ovozda kulaversa, gaplashaversa yoki soʻkinsa u yerdan ovqatlanmay chiqib ketaman, ..

Afsuski kundalik turmushimizdagi barcha tovushlarni ham toʻliq nazorat qilolmaymiz. Bular: mashinalar motori, signali yoki tormozi tovushlari, qoʻshnilarnikida boʻlayotgan toʻydan kelayotgan karnay-surnay ovozlari. Qaysidir joydagi qurilish asboblarining ovozlari va hkz.

Odam uchun eng beziyon norma 20-30 detsibel ekan. Umuman, aholi punktlarida shovqinning inson uchun xavsiz eng yuqori chegarasi 80 detsibel etib belgilangan. Lekin bugunga kelib bu koʻrsatkich 100 detsibeldan oshib ketibdi. Bunga asosiy hissani transport vositalari qoʻshadi. Shuning uchun hayotimizni sokinlashtirish uchun nafaqat oʻzimiz, balki davlat miqyosida ham jiddiy ishlar qilinishi kerak deb oʻylayman. Bunga xuddi havoga tarqalgan zaharli gazni tozalash kabi jiddiy qarash kerak. Chunki shovqinning ruhiyat, umuman inson salomatligiga zarari haqiqatdan ham asli shu darajada. Bizga taʼsir etayotgan shovqin miqdorini maksimal darajada minimallashtirish kerak. Hozircha men bu borada, xususan qishloq joylarda hech qanday loyiha yoki qonun ishlayotganini koʻrganim yoʻq. Taklif beramiz va kutib qolamiz.

https://t.me/otkirbekshergoziyev/218


Neofreydizm asoschilaridan biri Erix Fromm aytadiki, "Insonda biologik ehtiyojlardan tashqari yana bir shunday ehtiyoj borki u fiziologik jarayonlarda mavjud emas, biroq inson borligʻining mohiyatini tashkil qiladi. Bu — insonning tevarak-atrofdagilar bilan aloqa qilishga, yolgʻizlikdan qochishga boʻlgan ehtiyojidir.

Mutloq yolgʻizlikni his etish psixik yemirilishga olib keladi. Bu xuddi jismoniy ochlik oʻlimga olib kelishiga oʻxshaydi.

Bu aloqadorlikni jismoniy kontakt bilan aynan bir xil deb tushunmaslik kerak. Kishi jisman yolgʻiz boʻlishi mumkin, lekin boshqalarga aloqadorligini his qilib turishi mumkin. Va aksincha jisman oʻzgalar ichida yashasa ham oʻzini mutlaqo yolgʻiz his etishi mumkin. Bu holat oʻz chegarasidan oʻtsa, insonni shizofrenik tipdagi aqliy ojizlikka olib kelishi ehtimoli bor. 

Olam bilan maʼnaviy aloqadorlik turlicha shakllarda namoyon boʻlishi mumkin: xonaqohdagi soʻfi(darvesh), xudoga eʼtiqod qiluvchi dindor, siyosiy kurashda oʻrtoqlari bilan gʻoyaviy birdamligini his etib turgan kameradagi yolgʻiz mahbus ruhiy jihatdan yolgʻiz emas."

Inson boshqalar bilan hamkorliksiz yashay olmaydi. Har qanday jamiyat shaklida, inson yashashni xohlasa, dushmanlaridan, tabiatdagi xavf-xatarlardan himoyalanishni yoki mehnat qilish va hayot uchun zarur vositalar ishlab chiqarishni istasa, boshqalar bilan birlashishi kerak. Hatto Robinzonning ham oʻz Jumavoyi bor edi. Usiz, ehtimol aqldan ozgan yoki oʻlgan boʻlardi." 

"Ozodlikdan qochish" kitobidan

https://t.me/otkirbekshergoziyev/99


Robinzon sindromi.

Bu kim bilandir gaplashishga bo'lgan kuchli istak hisobidan kelib chiqadigan sindrom sanaladi.Asardan ma'lumki,Robinzon Kruzo Jumavoyni uchratguncha hech kim bilan gaplashmagan va uni kim bilandir gaplashishiga bo'lgan ehtiyojlari yuqori darajada bo'lgan.Bu personajdan kelib chiqib sindrom shunday atalgan.

Qanday ko'rinishlarga ega:

1.Gaplashishga bo'lgan kuchli ehtiyoj!

2.Biron ish bilan shug'ullanishni istaysan,lekin qaysi ish ekanligini tushunmaysan!

3.Kayfiyatni tushib ketishi.

4.Ishlashga bo'lgan ehtiyoj "o'lishi".

Bu sindrom asosan bir banket,yoki shunga o'xshash tadbirlardan so'ng ko'p uchraydi.Sizning organizmingiz muntazam muloqotga o'rganib qoladi va tadbir davom etishini talab qilaveradi,agar u bunga erisha olmasa yanada kuchli huruj qila boshlaydi.

P.s bunga qarshi yechimlarning eng osoni, shunchaki kimgadir qo'ng'iroq qilishdir! 

https://t.me/iHistorii/78



Report Page