Yolgʻon axborot tarqatish maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi
IIBB Axborot xizmati
Bugun, 23-mart kuni Telegramʼ ijtimoiy tarmogʻida yoʻl transport hodisasida olgan jarohati sababli ruhiy kasalliklar dispanserida roʻyxatda turuvchi ayolning surati joylanib, “Toshkent viloyati, xususan, Boʻstonliq tumani hududida voyaga yetmagan bolalarni oʻgʻirlab ketmoqchi boʻlgan ayol bogʻcha va maktablar atrofida aylanib yuribdi” mazmunidagi audio xabarlar tarqatilmoqda.
Avvalo shuni maʼlum qilamizki oʻtgan yaqin muddat oraligʻida Toshkent viloyati hududida yuqorida (audiodagi vajlar) keltirilgani kabi holat kuzatilmagan yoki ichki ishlar organlariga shu mazmundagi murojaat kelib tushmagan. Ushbu xabarlar yolgʻon boʻlib, mutlaqo haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.
Hurmatli fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va xususan MTT hamda XTB xodimlari!
Audio xabarlarda aytilgani kabi asoslantirilmagan (yolgʻon) xabarni tarqatish uchun qonunchilikda javobgarlik borligini yana bir bor eslatib, oʻzaro guruhlarda shu kabi maʼlumotlarni tarqatmaslikni, agarda bu kabi holat kuzatilgan yoki shubha uygʻotgan taqdirda 102 qisqa raqami va yaqin oradagi IIOga xabar berishingizni soʻraymiz.
IIBB Axborot xizmati