Yo‘lbars pitoni himoyaga olindi

Yo‘lbars pitoni himoyaga olindi


Ishtixon tumanida yashovchi fuqaro B.M tomonidan mamlakatga noqonuniy yo‘l bilan olib kirilgan Yo‘lbars pitonini saqlab kelib taʼlim maskanlarida tomoshalar quyib kelayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Mazkur holat tuman IIB tomonidan aniqlangan va Samarqand viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga xabar berilgan.

Boshqarma xodimlari holat yuzasidan tezkor o‘rganish o‘tkazishi jarayonida mazkur Yo‘lbars pitoni uzunligi 2.78 metr eni 28 sm ekanligi maʼlum bo‘ldi.

Aslida mazkur pitonlarning tana uzunligi jinsga (urg‘ochilar odatda erkaklarnikidan kattaroq) va turmush tarziga qarab 1,5 dan 4 metrgacha yoki undan ko‘p o‘zgarishi mumkin. Ushbu tur uchun qayd etilgan eng katta uzunlik 4,6 M, vazni esa 52 kg. rangi o‘zgaruvchan. Tanada har xil shakldagi katta to‘q jigarrang dog‘lar och sarg‘ish-jigarrang yoki sarg‘ish-zaytun fonida tarqalib, murakkab naqsh hosil qiladi. Burun teshigidan boshlab bo‘ynidagi dog‘larga aylanadigan qorong‘i chiziq ko‘zdan o‘tadi. Boshqa chiziq ko‘zdan pastga tushadi va yuqori lab qalqonlari bo‘ylab ishlaydi. Boshning tepasida qorong‘i o‘q shaklidagi nuqta bor. Mazkur ilonlar tutqunlikda 25 yilgacha umri ko‘rishadi.

Hozirda Yo‘lbars pitoni Samarqand viloyat Ekologiya boshqarmasi himoyasiga olinib, Nurobod tumanidagi "Eko-ZOO-TUR" UK terorumi markazi mutaxassislari tomonidan maxsus ko‘rikdan o‘tkazilib, vaqtincha saqlanmoqda.

Samarqand viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi o‘z vaqtiga xabar bergan tabiat fidoyilariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.


Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga qo‘shiling👇👇

https://t.me/econewssamarqand



Report Page