Yo'l qoidalari

Yo'l qoidalari

Kamol To'xtayev

Qonunni bilmaslik jazodan ozod qilishga asos bo'lmaydi. Gohida bilmay, ba'zan unutib yoki atayin qoidabuzarliklarga yo'l qo'yamiz. Xato qilish qonimizda bor. Mashina boshqarib ketayotganlarda ham bu holat uchrab turadi. Bunda ayrim qoidabuzarliklar uchun ogohlantirish olsak, ba'zida jarima bilan qutulamiz. Ammo shunday qoidabuzarliklar ham borki, ular sodir etilganida transport vositasi vaqtinchalik saqlanish uchun jarima maydonchasiga olib ketiladi. 

Carzone.uz nashri ana shu tartib-qoidalar to'g'risida maqolae'lon qildi.

Mashinani jarima maydonchasiga olib ketish Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning 291-moddasi asosida tartibga solingan bo'lib, quyidagi holatlarda ushlab turish sababi bartaraf etilgunga va ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish ko'rilgunga qadar ichki ishlar organlaritomonidan tomonidan jarima maydonchasiga olib ketiladi:

tormoz, rul` boshqaruvi yoki ulovchi qurilma (stseplena) nosoz bo'lsa yoki ruxsatnomasiz qayta jihozlansa (EKIHning bir baravari miqdoridajarima ham to'lanadi.2017 yil holatiga ko'ra – 

149 775 so'm);

foydalanish taqiqlangan, davlat raqami yechib olingan bo'lsa (EKIHning 6 baravari – 898 650 so'm);

davlat raqam belgisi yasama yoki o'zga usullarda o'zgartirilgan yoki u butunlay boshqa transport vositasiga tegishli bo'lsa (EKIHning 10 baravari – 1 497 750 so'm);

ruxsatsiz o'ta katta va juda og'ir yuklarni tashish, belgilangan me'yordan katta o'lchamdagi holatda yo'lga chiqilsa, yuk tashuvchilar ruxsatnomada ko'rsatilgan harakat yo'nalishi o'zgartirilsa (EKIHning 10 baravari – 1 497 750 so'm);

oynalari ko'zgusimon bo'lsa yoki qoraytirilsa, haydovchining o'rnidan atrofni ko'rishni 

cheklaydigan qo'shimcha narsalar o'rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan bo'lsa (EKIHning 1 baravari 

– 149 775 so'm);

ruxsatsiz tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalar o'rnatilsa, davlat raqam belgilariga ularni ko'rishga xalal beradigan ashyolar o'rnatilsa yoki qoplama surtilsa (EKIHning 1 baravari – 149 775 so'm);

transport vositasi boshqalar harakatiga xalal beradigan holatda tashlab ketilsa (EKIHning 3 baravari –449 325 so'm);

mashina mast holatda boshqarilsa (transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo'ladi);

haydovchilik guvohnomasi, transport vositasini ro'yxatdan o'tkazganlik, unga egalik qilish, egasi yo'qligida undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, sug'urta polisi mavjud bo'lmasa yoki ishonchnoma, transport vositalarini boshqa shaxsga o'tkazish va ijaraga berish shartnomalari ro'yxatdan o'tkazilmagan bo'lsa (EKIHning yarim baravari –74887,50 so'm);yo'l-transport hodisasi qatnashchilari hodisa joyidan qochib ketsa (EKIHning 30 baravari miqdorida jarima (4 493 250 so'm)

yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum etishga yoxud o'n besh sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi);

avtomobil` transportida litsenziyasiz yo'lovchi tashish (EKIHning 20 dan 100 baravarigacha — 2 995 500 - 14 977 500 so'm);

militsiya xodimining transport vositasini to'xtatish to'g'risidagi qonuniy talabi bajarilmasa (EKIHning ikkidan bir qismida ikki baravarigacha — 74887,50- 299 550 so'm).Shuningdek, Qurolli Kuchlar va chegara qo'shinlarining transport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar va boshqa shaxslar yo'l harakati qoidalarini buzganda — harbiy avtomobil` inspektsiyasining mansabdor shaxslari tomonidan avtomobil` vositasi vaqtinchalik saqlanish maskaniga yuboriladi.

Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning 60, 78, 79, 81, 82, 84, 90, 92, 94-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O'zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi organlarining mansabdor shaxslari;

ushbu Kodeksning 164, 166, 167, 168, 172, 173, 176, 1763, 1861-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O'zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo'linmalarining mansabdor shaxslari;

ushbu Kodeksning 196/1, 224, 224/1, 224/2 -moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy 

huquqbuzarliklar sodir etilganda — chegara qo'shinlarining mansabdor shaxslari ham mashinangizni jarima maydonchasiga vaqtinchalik saqlash uchun olib ketishga haqli

Report Page