Yi.uz

Yi.uz


“Ko‘chma kutubxona” "Ingichka" shaharchasida

 14-08-2018

Samarqand shahridan 100 km. uzoqlikda "Ingichka" shaharchasi bor. Odamlari sodda, samimiy. Kulib qarshi oladi. Shu hududga kuni kecha O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ko‘chma kutubxona” tashrif buyurdi.


Xabaringiz bor, bu loyihada ishtirok etib, kitob olish uchun “Bir savolga – bir javob” berish lozim.


– O‘zim ijodkorman. She’rlar mashq qilib turaman. Yaqinda “O‘n sakkiz bahor” nomli she’riy kitobim nashrdan chiqdi. Bugun ilk bora bizning qishlog‘imizga “Ko‘chma kutubxona” keldi. Yana ular bilan birga harbiy orkestrning tashrifi ham biz uchun kutilmagan bir voqea bo‘ldi. Bunaqasini hech kim kutmagandi. Bugun odamlarning ko‘zidagi quvonch meni yanada ilhomlantirmoqda, – deydi Maftuna Jalilova.


Bu tadbirda onaxonlar ham ishtirok etish niyatini bildirishgani esa quvonarlidir.

– Yoshim yetmishda. Shu yerda tug‘ilib, katta bo‘ldim. “Chanqovuz” ansambli xonandasiman. Bugungi kun bolalariga havasim keldi. Qarang, bir savolga javob berib, yoki she’r aytib ham kitob egasi bo‘lishi mumkin. Ollohimga behad shukrlar bo‘lsinki, shundan dorilomon kunlarni ham ko‘rdik, - deydi Fotima aya Qo‘shvaqova.


“Ingichka” shaharchasiga “Ko‘chma kutubxona” loyihasi doirasida Markaziy harbiy okrug harbiy orkestrlari ham tashrif buyurishdi. Har bir marsh va milliy qo‘shiqlar jonli ijroda kuylandi.


Report Page