Yirik hisobli gʻalabalar va ikki texnik magʻlubiyat – “Bosh vazir kubogi”da chorak finalchilar maʼlum

Yirik hisobli gʻalabalar va ikki texnik magʻlubiyat – “Bosh vazir kubogi”da chorak finalchilar maʼlum


Mamlakatimizdagi vazirlik, idora va yuqori turuvchi tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish hamda ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida oʻtkazilayotgan “Bosh vazir kubogi” musobasining chorak finalida toʻp suruvchi jamoalar nomi toʻliq maʼlum boʻldi.

Nimchorak final doirasida jami 16 ta jamoa qurʼ roʻbaru qilgan raqiblari bilan oʻyinlarini oʻtkazishdi. Nimchorak final natijalari:

Turizm va sport vazirligi – MTRK – 3:0 (texnik magʻlubiyat);

Investitsiya va tashqi savdo vazirligi – Oliy sud – 0:3;

Davlat bojxona qoʻmitasi – Markaziy bank – 6:0;

Agro markaz – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi – 8:0;

Davlat test markazi – Innovatsiya vazirligi – 0:3;

Agroinspeksiya – Moliya vazirligi – 0:3 (texnik magʻlubiyat);

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi – Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi – 4:0;

Tashqi ishlar vazirligi – Davlat soliq qoʻmitasi – 0:4;

Bugun, 9-noyabr kuni musobaqaning chorak finali doirasida quyidagi juftliklar oʻzaro hisob kitob qilishadi:

Turizm va sport vazirligi – Oliy sud.

Davlat bojxona qoʻmitasi – Agro markaz.

Innovatsiya vazirligi – Moliya vazirligi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi – Davlat soliq qoʻmitasi.

Eslatib oʻtamiz, futbol boʻyicha “Bosh vazir kubogi” musobaqasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq uch yildan buyon oʻtkazilmoqda.


Report Page