"Yil volontyori" bo'ling!

"Yil volontyori" bo'ling!

Yoshlar Ishlari Agentligi
"Volontyorlik asosida fidoiylik va birdamlik ideallari va birgalikda bu dunyoni yanada yaxshilashimiz mumkinligiga ishonch yotadi" Kofi Annan, BMT sobiq bosh kotibi.

O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda O'zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda "Yil volontyori" tanlovini e'lon qiladi.

Ushbu tanlov mamlakatimizning ijtimoiy muammolarini hal qilishga hissa qo'shgan volontyorlar, volontyorlik guruhlari va uyushmalarini rag'batlantirishga qaratilgan.

Tanlovda mamlakatimiz hududlaridagi va xorijda volontyorlik faoliyati bilan shug'ullanadigan barcha yoshdagi vatandoshlarimiz ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun @yilvolontyoribot telegram-boti orqali anketani to'ldirib jo'natishingiz lozim.

Anketalarni qabul qilish 15 oktyabrga qadar davom etadi.

Tanlov ikki bosqichda o'tkaziladi:

birinchi bosqich - tanlov ishtirokchilari anketa orqali volontyorlik faoliyati to'g'risida ma'lumotlarni taqdim etadilar;

ikkinchi bosqich - eng ko'p ovoz to'plagan va ikkinchi bosqichga o'tgan ishtirokchilar intervyu orqali tanlov komissiyasi tomonidan baholanib saralanadi.

Natijada quyidagi nominatsiyalar bo'yicha g'oliblar aniqlanadi:

·  “Mister volontyor-2021” nominatsiyasi

·  “Miss volontyor-2021” nominatsiyasi

·  “Yilning volontyorlik guruhi” nominatsiyasi

·  “Yilning madaniyat volontyori” nominatsiyasi

·  “Yilning eko volontyori” nominatsiyasi

·  “Yilning tibbiy volontyori” nominatsiyasi

·  “Yilning sog'lom turmush tarzini targ'ib qiluvchi volontyor” nominatsiyasi

·   “Yilning ijtimoiy volontyori” nominatsiyasi

·  “Yilning tadbir volontyori” nominatsiyasi

·  “Yilning virtual volontyori” nominatsiyasi

·  “Yilning favqulodda vaziyatlarda ishtirok etgan volontyori” nominatsiyasi

·  “Yo'qolganlarni qidirishda faol ishtirok etgan volontyor” nominatsiyasi

·  “Yilning sport volontyori” nominatsiyasi

·  “Yilning volontyorlik g'oyasi” nominatsiyasi

·  “Yilning hayvonot olamini muhofaza qiluvchi volontyor” nominatsiyasi

·   “Yilning donorlikni targ'ib qiluvchi volontyori” nominatsiyasi

·  “Yilning faol volontyorlar hududi” –maxsus nominatsiyasi

·  “Yilning agro volontyori” nominatsiyasi

·  “Yilning media volontyori” nominatsiyasi

·   “Yilning chet eldagi faol O'zbekistonlik ijtimoiy volontyori” nominatsiyasi

·  “Yilning chet eldagi faol O'zbekistonlik eko volontyori” nominatsiyasi

·  “Yilning chet eldagi faol O'zbekistonlik korporativ volontyori” nominatsiyasi

·  “Yilning chet eldagi faol O'zbekistonlik tibbiy volontyori” nominatsiyasi

·  “Yilning chet eldagi faol O'zbekistonlik media volontyori” nominatsiyasi

·  “Sirli nominatsiya” (taqdirlash marosimida e'lon qilinadi)


"Yil volontyori" tanlovining qoidalari O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va O'zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasining rasmiy ijimoiy sahifalarida joylashtirilgan.


Report Page