Yevropada dasturchi bo'lib ishga kirish qanday kechdi?

Yevropada dasturchi bo'lib ishga kirish qanday kechdi?

Javokhir Akramjonov | JavaHere

Bismillah

Linkedin

Birinchi bo'lib Linkedin haqida aytib o'tmoqchiman. Mening fikrimcha, har bir dasturchida linkedin profili bor bo'lishi kerak. Bu shunday platformaki, u yerda nafaqat dasturchilar ish topa oladi, balki rekruiterlar ham o'zlari uchun yaxshi kandidatlarni qidiradi. Nima deb o'ylaysiz, faqat dasturchilarga kompaniyalar kerakmi? Albatta yo'q. Kompaniyalar ham o'zlari uchun kandidatlar qidiradi, ya'ni faqatgina e'lon berib qo'yish bilan yaxshi kandidatlar kelib qolmaydi. Siz linkedin profilingizni chiroyli va to'liq to'ldirib bo'lganingizdan keyin to'ldirilgan ma'lumotlar orqali bir nechta kompaniyalarga boshqa hech qanday formalarni to'ldirmasdan 1 ta tugmani bosish orqali ishga topshirishingiz mumkin.

Tajriba

Azimjon aka ushbu videoda aytganiday:

Ish topish uchun tajriba kerak, tajriba orttirish uchn esa ish kerak. Ammo IT da emas.

O'zingiz hech qanday kompaniyalar uchun emas, shunchaki xalq uchun foydali proyektlar qiling va uni omma ishlatishi uchun tarqating va ularni kodini esa github ga joylab qo'ying. Nima uchunligini post davomida bilib olasiz...

CV haqida o'ylardim...

Ikkinchi bo'lib CV haqida aytib o'tmoqchiman. O'zi nima uchun CV kerak? Shu savolni men o'zimga va juda ko'p ustozlarimga berganman. Menda shunday fikr bor edi: Men o'zimni qobilyatlarimni CV da korsata olmayman. Tinchgina meni interview qilib qo'ya qoling, shunda meni kimligimni ko'rasiz. Qilgan projectlarim haqida ham so'ramang, mana shu narsani bilasanmi, buni bilasanmi deb savollar berib ko'ring. Biror masala berib ko'ring men o'sha masalani yechib beraman. Men yaxshi kandidatman. Ishonmasangiz bir kun vaqt ajratib sinab ko'ring... Albatta bu istaklarim bilan uzoqqa bormadim. Judayam ko'p ish o'rinlariga topshirib ko'rdim. Menimcha ularning soni 100 dan ko'pligi aniq. Hamma joydan REJECTION lar kela boshladi.

CV esa...

Keyin o'zimni CV yimni tuzishga qaror qildim. Bunda Diyorbek aka juda katta yordam berdi. Linkedin da ishga topshirayotgan paytimda bu ish o'rni uchun nechta odam topshirganligiga ko'zim tushib qoldi. Endi tasavvur qiling menga o'xshab hama o'zini CV siz sinab ko'rmoqchi bo'lsa kompaniya rekruiterlari va hr lar hamasini mayli deb sinab ko'raversa qancha vaqt ketadi? Ishxona esa bo'lar bo'lmas kandidatlar uchun vaqt sarflagan rekruiterlar va hr lar uchun pul to'lashi to'g'ri ishmi? Shunda tushundimki, ishga topshirgan paytingizda siz bilan interview qilish, ishga olishni o'ylab ko'rishdan oldin ular sizni CV ingizdan quyidagi narsalarni qidiradi:

  1. Sizda ular xohlayotgan sohada tajriba bormi?
  2. Ular xohlayotgan sohada o'zingiz biror pet projectlar qilganmisiz
  3. Dastur tuzayotganda kodni qay ahvolda yozasiz(arxitektura, clean code ...)
  4. Shu kungacha nimalarga erishgansiz
  5. Ular xohlayotga texnologiyalarni ishlatishni bilasizmi
  6. Universitetda o'qiyszmi?
  7. ...

Mana shu savollarga ijobiy javoblar topsa keyin sizni rostanam shunday kandidat yoki yo'qligini sinab ko'rish uchun interviewlar uyishtiradi va hokazo. Yana bir narsaga e'tibor bering, kandidatlar ko'pligi sababli sizni CV gizni hamma joyini ko'rib o'qib chiqmasligi aniq, ya'ni CV ni 10 varoq qilgandan foyda yo'q. Ularga 1 chi beti kerak va faqat 1 chi beti qiziq. Shuning uchun hama ma'lumotlarni eng zo'rlarini birinchi betga qo'ying va CV ni tugating. Ha to'g'ri o'qidingiz, bir betli CV tayyorlang!

Github dagi proyektlar

Tasavvur qiling sizga dasturchi kerak va juda ham ko'plar dasturchilar ishga toshirgan. Endi siz ularni saralashingiz kerak. Ba'zi dastuchilar shu narsalarni bilaman degani bilan aldayotgan bo'lishi mumkin yoki biladi ammo uni hech qayerda ishlatmagan. Ba'zilarida esa o'zining proyektlari bor. Ya'ni ular sizga ishga topshirishdan oldin qandaydur dasturlar tuzib ko'rgan va bu sohada g'irt nol emas. Albatta ikkinchi toifadagi dasturchilarni keyingi bosqichga o'tqizgan xavsizroq va samaraliroq.

Ishga topshirishni boshladim

Men ham o'zim uchun linkedin profil, 1 betli CV, github da proyektlar tayyorladim va ishlarga topshirishni boshladim. Bir kuni linkedin dan habar keldi.

Shu shu juda 10 ga yaqin kompaniyalar o'zlari ish taklif qila boshladi. Keyin bu kompaniyalarga ishga topshirdim. Proexe kompaniyasi menga sinov topshirig'i jonatdi.

Sinov topshirig'i

Test topshirig'i biror katta dasturning bir qismi yoki biror kichik dastur ni tuzish bo'lishi mumkin. Va shu bilan birga bu topshiriqni bajarish uchun qanchadur muddat ham beriladi. Men mobil dasturchi bo'lganligim sababli, bir dasturning 2 ta oynasini qilib berishimni so'radi va resurslar bilan ta'minladi(dizayn, foydalanish mumkin bo'lgan yordamchi kodlar, kutubxonalar, shartlar...). Topshiriq uchun 24 soat vaqt berdi. Topshiriqni qo'limdan kelgancha bajarib jo'natdim. Adashmasam natijasini 1 hafta ichida oldim. Keyingi bosqich texnik intervyu ga taklif qildi.

Texnik intervyu

Bu bo'limda sizni o'zingiz topshirgan sohangiz bo'yicha savol javob qiladi. Bu bo'lim o'rtacha 1 soat davom etadi. Men bilan bo'lib o'tgan texnik intervyuda quyidagi savollar berildi(Android):

  1. fragment
  2. fragment vs activity
  3. lifecycles
  4. onSavedInstance
  5. SOLID
  6. Flows
  7. Coroutines
  8. Extension functions
  9. Service
  10. Pattern of Adapters in general
  11. Lifecycle-Aware components
  12. Dependency Injection
  13. Unit Testing
  14. Under the hood, how does ViewModel work?
  15. Coin library
  16. By default which thread used in services?
  17. high order functions
  18. ...

Bu savollarga qanday javob berganim haqida qizisangiz fikrlaringizni izohlarda fikringizni qoldiring.

Intervyu juda qiziq o'tdi. Eng muhimi hayajonlanmaslik ahir sizda bu kompaniyadan boshqa kompaniyalarga ishga kirish imkoniyatingiz bor aslida. O'zingizga 100 da 100 ishonch bilan kiring. Ba'zi savollarga javob bera olmasangiz hafa bo'lmang. Ularni bir joyga yozib qo'yib, intervyu dan keyin albatta va albatta ular haqida o'rganing. Yana bir narsa, agar biror narsa haqida bilmay qolsangiz, uning o'rniga alternativ sifatida ishlatish mumkin bo'lgan narsa haqida ayting. Masalan, Coin kutubxonasini o'rniga Dagger-Hilt kutubxonasini alternativ sifatida ishlatsa bo'ladi. Coin haqida so'raganda u bilan ishlamaganim, lekin Dagger-Hilt kutubxonasi bilan ishlay olishim haqida aytdim. Va intervyu oluvchi yaxshi qabul qildi. Intervyu dan o'ta olmagan taqdiringizda ham hafa bo'lmang chunki bu intervyu da topa olmagan savollaringizga keyingi intervyu da aniq javob bera olasiz. Ular sizga tekinga qaysi mavzularda tayyorlanishingiz kerakligini atyabdiku. Men ham bir nechta intervyularda qatnashgach kopgina narsalarni tushundim. Agar yaxshilab o'ylab ko'rsangiz deyarli hamma joyda o'xshash savollar bo'ladi. 10 ta intervyu dan keyin salkam eshitmagan savolingiz qolmaydi desayam bo'ladi. Men ham bu birinchi intervyuyim bo'lmagani uchun yaxshi tayyorlangan edim va deyarli hamma savollarga yaxshi javob berdim. Keyin boshqa kandidatlarni ham intervyu qilib bo'lishini kutdim.

Sizdan intervyu yakunida yoki boshlanishida ularga ham savol berish imkoniyati beriladi. Bundan unumli foydalanish kerak. Ya'ni siz faqat pul uchun ishga kirishingiz to'g'ri fikr emas. Bu kompaniyaning qadriyatlari qanday, kirsangiz sizga mentor beriladimi, kirgandan keyin qaysi sohada ishlaysiz, oylikdan tashqari yana qanday yaxshi taraflari bor... Shu savollarga ham javob topishga harakat qiling.

1 hafta o'tgach hamma kandidatlarni intervyu qilib bo'ldi va ular ichidan meni tanlashdi, Alhamdulillah. O'zingizga savol bering shuncha topshirgan kandidatlar orasidan meni tanlashiga arziymanmi? Sizni tanlamasa hafa bo'lishingiz to'g'rimi(albatta ba'zida ha🥲)?

Report Page