Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi


2024-yilning 2-may kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi rahbariyati bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda “Asakabank”ni xususiylashtirishga tayyorlash to‘g‘risida va 4R156 “Urganch – Xonqa – Hazorasp – Toshsoqa orqali – Amudaryo – A380 avtoyo‘li” avtomobil yo‘lini sement-beton qoplamasi bilan rekonstruksiya qilish bo‘yicha bitimlar imzolandi.

Bir qator muhim hamkorlik shartnomalarini imzolashdan tashqari, tomonlar o‘rtasida samarali muzokaralar olib borildi. Jumladan, O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlaridagi o‘zaro hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv ishtirokchilari YTTB ko‘magida O‘zbekiston energetika infratuzilmasini rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqishdi. Shuningdek, transport yo‘laklarini rivojlantirish va O‘zbekistonning tranzit salohiyatini oshirish mavzulariga alohida e’tibor qaratildi. Avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish va qurish, logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish loyihalari, shuningdek, ushbu sohaga investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari, shuningdek, O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari, xususan, DXSh asosida O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlariga xususiy sarmoyalarni jalb qilish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekistonning barqaror iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish va fuqarolar farovonligini oshirish maqsadida hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborot xizmati

Report Page